https://oz.sputniknews.uz/20260708/uzbekistan-belarus-hududlar-forum-58901901.html
Minskda O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi boshlandi
Minskda O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Minskda O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi boshlandi. Unda tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va hududlararo kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
2026-07-08T14:39+0500
2026-07-08T14:39+0500
2026-07-08T14:39+0500
hamkorlik
jamshid xodjayev
savdo
iqtisod
eksport
import
minsk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58901731_0:30:2561:1470_1920x0_80_0_0_d29140c66ddc443ebca61a559a671610.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Minskda “Hududlar kooperatsiyasi — Belarus va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining drayveri” mavzusida O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Belarus hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Yalpi majlis ochilishida Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirok etmoqda.Shuleykoning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi tizimli hamkorlik o‘zaro savdoning barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10-yilda tovar ayirboshlash hajmi 13 barobardan ziyod oshgan, joriy yilning 5 oyida esa qariyb 40 foizga o‘sgan.Belarus va O‘zbekiston prezidentlari yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Shuleyko hududlar o‘rtasida 30 ta kelishuv mavjudligini, forum doirasida yana 12 ta hujjat imzolanishi mumkinligini bildirdi.Tomonlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, yengil sanoat, agrosanoat, yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish sohalarida kooperatsiyani kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.Jamshid Xodjayev forumni ikki davlat iqtisodiy hamkorligining eng samarali maydonlaridan biri deb atadi. Xodjayev Belarus O‘zbekistonning asosiy strategik sheriklaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha tovar ayirboshlash 25 foizga oshgan va 1 milliard dollarga yaqinlashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/uzbekistan-belarus-oziq-ovqat-savdo-reja-58882600.html
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58901731_280:0:2279:1499_1920x0_80_0_0_08bbfda8b37bf675a2d466b3a1f6b524.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hamkorlik, jamshid xodjayev, savdo, iqtisod, eksport, import, minsk
hamkorlik, jamshid xodjayev, savdo, iqtisod, eksport, import, minsk
Minskda O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi boshlandi
Minskda O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi ish boshladi. Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Minskda “Hududlar kooperatsiyasi — Belarus va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligining drayveri” mavzusida O‘zbekiston va Belarus hududlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Belarus hukumati matbuot xizmati
xabar berdi.
Yalpi majlis ochilishida Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirok etmoqda.
Shuleykoning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi tizimli hamkorlik o‘zaro savdoning barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10-yilda tovar ayirboshlash hajmi 13 barobardan ziyod oshgan, joriy yilning 5 oyida esa qariyb 40 foizga o‘sgan.
“Ishonchim komilki, bu yil biz tovar ayirboshlashning tarixiy chegarasini bosib o‘tamiz va u 1 milliard dollardan oshadi”, — dedi u.
Belarus va O‘zbekiston prezidentlari yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Shuleyko hududlar o‘rtasida 30 ta kelishuv mavjudligini, forum doirasida yana 12 ta hujjat imzolanishi mumkinligini bildirdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, yengil sanoat, agrosanoat, yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish sohalarida kooperatsiyani kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Jamshid Xodjayev forumni ikki davlat iqtisodiy hamkorligining eng samarali maydonlaridan biri deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu maydonda hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilmoqda, kelishuvlar esa real investitsiyalar va qo‘shma ishlab chiqarishlarga aylanmoqda.
Xodjayev Belarus O‘zbekistonning asosiy strategik sheriklaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha tovar ayirboshlash 25 foizga oshgan va 1 milliard dollarga yaqinlashgan.