https://oz.sputniknews.uz/20260707/uzbekistan-belarus-oziq-ovqat-savdo-reja-58882600.html
O‘zbekiston va Belarus oziq-ovqat savdosini 1 mlrd dollarga yetkazish rejasini imzoladi
O‘zbekiston va Belarus oziq-ovqat savdosini 1 mlrd dollarga yetkazish rejasini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashosi bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlashni 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Tomonlar eksport va agrosanoat kooperatsiyasini kengaytirishga kelishdi
2026-07-07T16:44+0500
2026-07-07T16:44+0500
2026-07-07T16:44+0500
forum
qishloq xo‘jaligi
minsk
eksport
savdo
hamkorlik
oziq-ovqat
belarus
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58882429_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_55256e74537213805ae6430451e90147.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi xomashosi bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini imzoladi. Bu haqda Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Yakovchis bilan uchrashuvida imzolandi.Ta’kidlanishicha, 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida Belarus mahsulotlarining O‘zbekistonga eksporti qariyb 50 foizga oshgan. Go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib berish esa bir necha barobar ko‘paygan.Uchrashuvda Toshkent viloyatida to‘liq siklli parranda go‘shti ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.Belarus tomoni hamkorlik amaliy bosqichga o‘tayotganini, asosiy e’tibor chorvachilik, dehqonchilik va agrosanoat majmuasining boshqa yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirishga qaratilayotganini qayd etdi.Tomonlar agrosanoat sohasidagi integratsiyani davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Minskda Belarus va O‘zbekiston hududlarining III forumi doirasida agrosanoat sohasida yana bir memorandum imzolanishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/uzbekistan-belarus-hududlar-hamkorlik-58871507.html
minsk
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58882429_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_e99769ceac66415aae1f0103c77088d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
forum, qishloq xo‘jaligi, minsk, eksport, savdo, hamkorlik, oziq-ovqat, belarus, o‘zbekiston, iqtisod
forum, qishloq xo‘jaligi, minsk, eksport, savdo, hamkorlik, oziq-ovqat, belarus, o‘zbekiston, iqtisod
O‘zbekiston va Belarus oziq-ovqat savdosini 1 mlrd dollarga yetkazish rejasini imzoladi
Tomonlar 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashosi bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish rejasini imzoladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus 2030-yilgacha oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishloq xo‘jaligi xomashosi bo‘yicha tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini imzoladi. Bu haqda Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjat Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Orif Bo‘tayev boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Yakovchis bilan uchrashuvida imzolandi.
Hujjatda eksport hajmini oshirish, Belarus universal tovar birjasi mexanizmlaridan foydalanish va agrosanoat sohasida hamkorlikni kengaytirish choralari belgilangan.
Ta’kidlanishicha, 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida Belarus mahsulotlarining O‘zbekistonga eksporti qariyb 50 foizga oshgan. Go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib berish esa bir necha barobar ko‘paygan.
Uchrashuvda Toshkent viloyatida to‘liq siklli parranda go‘shti ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihasiga alohida e’tibor qaratildi.
Belarus tomoni hamkorlik amaliy bosqichga o‘tayotganini, asosiy e’tibor chorvachilik, dehqonchilik va agrosanoat majmuasining boshqa yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirishga qaratilayotganini qayd etdi.
O‘zbekiston tomoni esa ikki mamlakat o‘rtasida hali ishga solinmagan katta salohiyat borligini ta’kidladi.
Tomonlar agrosanoat sohasidagi integratsiyani davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Minskda Belarus va O‘zbekiston hududlarining III forumi doirasida agrosanoat sohasida yana bir memorandum imzolanishi kutilmoqda.