O‘zbekiston neft mahsuloti Qora dengiz portlariga yetkazila boshlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishStrani mira. Norvegiya
Strani mira. Norvegiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Ozarbayjonning "SOCAR Trading" kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan naftani xalqaro bozorlarga jo‘natishni yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. "SOCAR Trading" O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan naftani xalqaro bozorlarga jo‘natishni boshladi. Bu haqda SOCAR xalqaro biznesni rivojlantirish departamenti rahbari To‘g‘rul Ko‘charli Bokuda o‘tgan Qora dengiz Savdo va taraqqiyot banki biznes-forumida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan neft mahsulotlaridan biri — naftani Qora dengiz portlariga ham yetkazib bermoqda.
Ko‘charli Ozarbayjon Markaziy Osiyodan xalqaro bozorlarga yuk oqimlarini Qora va O‘rta yer dengizlari orqali yetkazishda muhim tranzit markaziga aylanayotganini ta’kidladi.
“Qozog‘iston va Turkmanistondan xalqaro bozorlarga qariyb 4 million tonna neft jo‘natamiz. Xursandchilik bilan ma’lum qilamanki, bu yil ushbu ro‘yxatga O‘zbekistonni ham qo‘shdik”, — dedi u.
Ma’lumot uchun, "SOCAR Trading" Ozarbayjonning SOCAR davlat neft kompaniyasi tarkibidagi savdo tuzilmasi hisoblanadi.

SOCAR va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik davom etmoqda. Kompaniyalar infratuzilmani modernizatsiya qilish, shuningdek, kelajakda Markaziy Osiyo va Yevropaning energetika tizimlarini Kaspiy dengizi orqali bog‘lashi ko‘zda tutilgan “Yashil energiya yo‘lagi” loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash masalalarida hamkorlik qilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Rassmotreni plani po uvelicheniyu dobichi prirodnogo gaza i transformatsii otrasli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Gaz qazib olish hajmi oshiriladi — prezident “O‘zbekneftgaz” rejalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0