https://oz.sputniknews.uz/20260708/usa-iran-zarba-58894634.html
AQSh Eronga zarba berdi, Tehron Bahrayn va Quvaytdagi bazalarga hujum qildi
AQSh Eronga zarba berdi, Tehron Bahrayn va Quvaytdagi bazalarga hujum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Hurmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga hujumlar ortidan AQSh Eronda 80 dan ziyod nishonga zarba berdi. Tehron buni kelishuv buzilishi deb atab, Bahrayn va Quvaytdagi AQSh obyektlariga javob zarbalari berilganini bildirdi.
2026-07-08T10:46+0500
2026-07-08T10:46+0500
2026-07-08T10:46+0500
aqsh – eron mojarosi
dron
dunyo yangiliklari
saudiya arabistoni
kema
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_e73a09bb5b873dcd33668637f7ca4c3f.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga hujumlar ortidan AQSh Erondagi harbiy obyektlarga yangi zarbalar berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) operatsiya Eronning bo‘g‘ozdan o‘tayotgan uchta tijorat kemasiga qarshi harakatlariga javoban o‘tkazilganini bildirdi.Xabarlarga ko‘ra, Qatarga tegishli LNG tankeriga dron urilgan, Saudiya bayrog‘i ostidagi neft tankeri ham zarar ko‘rgan. Eron esa ayblovlarni rad etib, kemalar Eron bilan muvofiqlashtirilmagan yo‘nalishlardan foydalangani uchun xavfga duch kelganini bildirgan.CENTCOM bayonotida AQSh kuchlari Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik va nazorat tarmoqlari, qirg‘oq radarlari, kemalarga qarshi raketa imkoniyatlari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli kichik katerlarga zarba bergani aytildi.AQSh tomoni bu zarbalardan maqsad Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga tahdid qilish imkoniyatidan mahrum etish ekanini ta’kidladi. CENTCOM Eron harakatlarini “asossiz va xavfli” deb atab, ular o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga zid ekanini bildirdi.Tehron esa AQSh zarbalarini “tajovuz” va tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini buzish deb baholadi. Eron tashqi ishlar vazirligi Vashington oqibatlar uchun javobgar bo‘lishini bildirib, mamlakat milliy xavfsizlik va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.Shundan so‘ng Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Bahrayn va Quvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga dron va raketalar bilan zarba berilganini da’vo qildi. Quvayt armiyasi havo hujumidan mudofaa tizimlari “dushman raketa va dron hujumlari”ga qarshi ishlayotganini bildirdi. Bahraynda ham sirenalar yangragani xabar qilindi.Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir G‘olibof AQShni bosim va shantajda ayblab, “Biz taslim bo‘lmaymiz”, deb yozdi. Vashington esa zarbalarni Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan javob chorasi sifatida izohlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260627/eron-aqshning-bir-necha-harbiy-bazalariga-zarba-berdi-58633901.html
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1b/58636883_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_ea4022e564e7830494b86018b2f25615.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh – eron mojarosi, dron, dunyo yangiliklari, saudiya arabistoni, kema, dunyoda
aqsh – eron mojarosi, dron, dunyo yangiliklari, saudiya arabistoni, kema, dunyoda
AQSh Eronga zarba berdi, Tehron Bahrayn va Quvaytdagi bazalarga hujum qildi
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida uchta tijorat kemasiga hujumdan so‘ng AQSh Eronda 80 dan ortiq nishonga zarba berdi. Tehron esa Bahrayn va Quvaytdagi AQSh obyektlariga hujum qilganini bildirdi
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga hujumlar ortidan AQSh Erondagi harbiy obyektlarga yangi zarbalar berdi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) operatsiya Eronning bo‘g‘ozdan o‘tayotgan uchta tijorat kemasiga qarshi harakatlariga javoban o‘tkazilganini bildirdi.
Xabarlarga ko‘ra, Qatarga tegishli LNG tankeriga dron urilgan, Saudiya bayrog‘i ostidagi neft tankeri ham zarar ko‘rgan. Eron esa ayblovlarni rad etib, kemalar Eron bilan muvofiqlashtirilmagan yo‘nalishlardan foydalangani uchun xavfga duch kelganini bildirgan.
CENTCOM bayonotida AQSh kuchlari Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik va nazorat tarmoqlari, qirg‘oq radarlari, kemalarga qarshi raketa imkoniyatlari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli kichik katerlarga zarba bergani aytildi.
Qo‘mondonlikka ko‘ra, “80 dan ortiq nishon” yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar bilan urilgan, ular orasida bo‘g‘oz va uning atrofidagi 60 dan ziyod kichik kater ham bor.
AQSh tomoni bu zarbalardan maqsad Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga tahdid qilish imkoniyatidan mahrum etish ekanini ta’kidladi. CENTCOM Eron harakatlarini “asossiz va xavfli” deb atab, ular o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga zid ekanini bildirdi.
Tehron esa AQSh zarbalarini “tajovuz” va tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini buzish deb baholadi. Eron tashqi ishlar vazirligi Vashington oqibatlar uchun javobgar bo‘lishini bildirib, mamlakat milliy xavfsizlik va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) Bahrayn va Quvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga dron va raketalar bilan zarba berilganini da’vo qildi.
IRGC bayonotida Bahrayndagi AQSh 5-dengiz floti obyektlari va Quvaytdagi Ali as-Salem aviabazasi nishonga olingani aytildi. Shuningdek, Eron tomoni AQShning MQ-9 droni urib tushirilganini ma’lum qildi.
Quvayt armiyasi havo hujumidan mudofaa tizimlari “dushman raketa va dron hujumlari”ga qarshi ishlayotganini bildirdi. Bahraynda ham sirenalar yangragani xabar qilindi.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Bagir G‘olibof AQShni bosim va shantajda ayblab, “Biz taslim bo‘lmaymiz”, deb yozdi. Vashington esa zarbalarni Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan javob chorasi sifatida izohlamoqda.