Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi

© AP Photo / Vahid SalemiIranskie raketi v Tegerane, arxivnoe foto
Iranskie raketi v Tegerane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2026
Obuna bo‘lish
AQShning Eron qirg‘oqlariga zarbasiga javoban Eron AQSh harbiy bazaldarini nishonga oldi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Eron Qurolli kuchlari Yaqin Sharqdagi bir nechta AQSh harbiy bazalariga zarba berdi. Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari ma’lum qilmoqda.
"AQShning Eron qirg‘oqlariga uyushtirilgan zarbasidan so‘ng Islom inqilobi qo‘riqchilari (IIQK) korpusi dengiz kuchlari mintaqadagi AQSh armiyasi pozitsiyalariga zarba berdi", - deyiladi Eron tomoni xabarida.
IIQK ma’lum qilshiga ko‘ra, Islomobod memorandumining 5-bandiga ko‘ra, Hormuz bo‘g‘ozidagi o‘tishni nazorat qilish Eron Islom Respublikasi bilan birgalikda amalga oshiriladi; ammo, Qo‘shma Shtatlar turli tomonlarning provokatsiyasi orqali ushbu majburiyatni buzishga uringan, bunga tegishli ravishda javob berilgan va shunday qilishda davom etadi. Agar tajovuz takrorlansa, bizning javobimiz yanada kengroq bo‘ladi.
Eron va AQSh 18-iyun kuni onlayn o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi. Unda barcha jabhalarda, jumladan, Livandagi Isroil operatsiyasida sulh tuzish talab qilinadi va dengiz blokadasini bekor qilish va Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni tiklash uchun muddat belgilanadi.
Bundan tashqari, Eron yadroviy qurol ishlab chiqarmaslikka va’da beradi va uning yadroviy dasturi masalasi alohida kelishuv bilan hal qilinishi kerak. Tomonlar bu masala bo‘yicha 60 kun ichida muzokaralar olib borishadi. Tehron uchun natija sanksiyalarning bekor qilinishi bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0