Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Bu yerga kelmanglar”: Ukrainadagi kolumbiyalik yollanmalar vatandoshlariga murojaat qildi

© AP Photo / Iryna RybakovaKolumbiyskie nayemniki raskayalis v reshenii voyevat za VSU - Cronista (arxivnoe foto)
Kolumbiyskie nayemniki raskayalis v reshenii voyevat za VSU - Cronista (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilayotgan ikki kolumbiyalik og‘ir sharoitdan shikoyat qilib, vatandoshlarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilayotgan ikki kolumbiyalik yollanma askar frontdagi og‘ir vaziyatdan shikoyat qilib, Kiyev uchun jang qilish qaroridan pushaymon ekanini bildirdi, deb yozadi El Cronista.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, ular ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida o‘zlari tushib qolgan sharoit haqida gapirgan.

"Ukrainada jang qilayotgan ikki kolumbiyalik yollanma askar o‘zlari tushib qolgan og‘ir ahvol haqida gapirib berishdi... frontga borish qaroridan pushaymon ekanliklariga aytishdi," - deyiladi postda yollanma askarlarning ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotiga tayanib.

Kolumbiyaliklardan biri Oskar Bokanegra Martines, qo‘mondonlar ularni "tirik qaytish ehtimoli deyarli bo‘lmagan" topshiriqlarni bajarishga yuborayotganini aytdi. Shuningdek, yollanma askarlar vatandoshlarini Ukraina Qurolli kuchlari safida jang qilish taklifidan voz kechishga chaqirdi.
"Bizni bu yerda mahbuslardek ushlab turishibdi. Agar bo‘ysunmasak, bizni o‘ldirishadi. Biz ochmiz... Bu yerga kelmang, iltimos. Bizni bu yerdan olib chiqishlari uchun yordam kerak," - deya ularning so‘zlarini keltirmoqda Cronista.
May oyida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 7 mingga yaqin kolumbiyalik Ukrainadagi urushda ishtirok etayotganini aytgan. U mamlakat “o‘lim eksportchisi” bo‘lishni istamasligini ta’kidlagan.
Mart oyida Kolumbiya 1989-yilgi yollanma askarlarni yollash, ulardan foydalanish, moliyalashtirish va o‘qitishga qarshi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi RIA Novosti agentligiga bergan ma’lumotida, Ukraina Qurolli kuchlari tomonida 4 mingga yaqin yollanma askar jang qilayotganini, ularning mingdan ortig‘i jinoiy ishlar doirasida ayblanuvchi sifatida ko‘rilayotganini bildirgan.
Kolumbiyskie nayemniki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya TIV vakili Ukrainadagi yollanma jangchilar qaysi davlatlardan kelayotganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0