https://oz.sputniknews.uz/20260518/ukraine-yollanma-jangchilar-davlatlar-57654662.html
Rossiya TIV vakili Ukrainadagi yollanma jangchilar qaysi davlatlardan kelayotganini aytdi
Rossiya TIV vakili Ukrainadagi yollanma jangchilar qaysi davlatlardan kelayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV vakili Rodion Miroshnik Ukraina tomonida Yaponiya, Irlandiya, Norvegiya va Niderlandiyadan kelgan yollanma jangchilar ham borligini ma’lum qildi.
2026-05-18T12:19+0500
2026-05-18T12:19+0500
2026-05-18T12:19+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
rossiya tiv
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57351995_0:0:1350:759_1920x0_80_0_0_e49eb9115daba8537327328c8119399d.jpg
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan xorijiy yollanma jangchilar geografiyasi kengaymoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonida Yaponiya, Irlandiya, Norvegiya va Niderlandiya fuqarolari, shuningdek, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo davlatlaridan kelgan jangchilar ham bor.Miroshnik xorijiy yollanma jangchilar ko‘proq Xarkov va DNRdagi Krasnoarmeysk yo‘nalishlarida kuzatilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ular turli yo‘nalishlar bo‘ylab ko‘chirib turiladi, ayrim hujjatlar Chasov Yar va Dimitrovoda ham topilgan.Avvalroq Miroshnik Ukraina tomonidagi xorijiy yollanma jangchilar tarkibida o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropadan kelganlar Ukrainadan ketmoqda, ularning o‘rnini esa asosan pul topish maqsadida kelgan yoki kriminal tajribaga ega shaxslar egallamoqda.Rossiya Mudofaa vazirligi 2024-yil mart holatiga ko‘ra, Ukraina tomonida jang qilish uchun kelgan xorijiy yollanma jangchilar sonini 13 387 nafar deb ko‘rsatgan. O‘sha vaqtda eng ko‘p yollanma jangchilar Polsha, Gruziya, AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyadan kelgani aytilgan.Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan "to‘p yemi" sifatida foydalanayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Pul evaziga urushga kelgan ayrim yollanma askarlar esa intervyularida ukrainalik harbiylar harakatlarni yetarlicha muvofiqlashtira olmasligini, frontda omon qolish ehtimoli esa pastligini tan olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260212/ukraine-davlatlar-yollanma-askarlar-55654646.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57351995_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_3d9ad8b8f3b0e210229148bb073b6870.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya tiv, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, rossiya tiv, rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya TIV vakili Ukrainadagi yollanma jangchilar qaysi davlatlardan kelayotganini aytdi
Rossiya TIV vakilining aytishicha, Ukraina tomonida Yaponiya, Irlandiya, Norvegiya va Niderlandiyadan kelgan yollanma jangchilar bor, ularni jalb qilishda xususiy rekruting tuzilmalari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan xorijiy yollanma jangchilar geografiyasi kengaymoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonida Yaponiya, Irlandiya, Norvegiya va Niderlandiya fuqarolari, shuningdek, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo davlatlaridan kelgan jangchilar ham bor.
Miroshnik ayrim xorijliklarni jalb qilishda xususiy rekruting tuzilmalari ishtirok etayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday kompaniyalar yo‘l xarajatlari, shartnoma tuzish, Ukraina Qurolli kuchlari bilan aloqa va tayyorgarlik jarayonlarida yordam bermoqda.
Miroshnik xorijiy yollanma jangchilar ko‘proq Xarkov va DNRdagi Krasnoarmeysk yo‘nalishlarida kuzatilganini
ma’lum qildi. Uning aytishicha, ular turli yo‘nalishlar bo‘ylab ko‘chirib turiladi, ayrim hujjatlar Chasov Yar va Dimitrovoda ham topilgan.
Avvalroq Miroshnik Ukraina tomonidagi xorijiy yollanma jangchilar tarkibida o‘zgarishlar kuzatilayotganini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi va Sharqiy Yevropadan kelganlar Ukrainadan ketmoqda, ularning o‘rnini esa asosan pul topish maqsadida kelgan yoki kriminal tajribaga ega shaxslar egallamoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi 2024-yil mart holatiga ko‘ra, Ukraina tomonida jang qilish uchun kelgan xorijiy yollanma jangchilar sonini 13 387 nafar deb
ko‘rsatgan. O‘sha vaqtda eng ko‘p yollanma jangchilar Polsha, Gruziya, AQSh, Kanada va Buyuk Britaniyadan kelgani aytilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan "to‘p yemi" sifatida foydalanayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Pul evaziga urushga kelgan ayrim yollanma askarlar esa intervyularida ukrainalik harbiylar harakatlarni yetarlicha muvofiqlashtira olmasligini, frontda omon qolish ehtimoli esa pastligini tan olgan.