https://oz.sputniknews.uz/20260708/russia-krasnoyarsk-qovun-sayl-58899267.html
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida “Qovun sayli” bo‘lib o‘tdi
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida “Qovun sayli” bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Krasnoyarskda ilk bor “Qovun sayli” tashkil etildi. Tadbir o‘zbek madaniyati, milliy musiqa, raqs va an’analarini namoyish etdi.
2026-07-08T13:54+0500
2026-07-08T13:54+0500
2026-07-08T13:54+0500
festival
"rossiya segodnya"
markaziy osiyo
novosibirsk
madaniyat
o‘zbekiston
bayram
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58899101_1:0:950:534_1920x0_80_0_0_1617a50ab6e7975b2d1ef99f05e2fe02.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Krasnoyarsk o‘lkasida ilk bor o‘zbek xalqining an’anaviy bayramlaridan biri — “Qovun sayli” tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Tadbir Krasnoyarsk aholisi va mehmonlari, ushbu o‘lkadagi turli korxonalarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari vakillarini bir joyga jamladi.Uning qayd etishicha, Rossiya shaharlari orasida “Qovun sayli”ning aynan Krasnoyarskda o‘tkazilishi xorijdagi vatandoshlarning birdamligi va o‘z milliy qadriyatlariga sadoqatini ko‘rsatadi.Krasnoyarsk davlat va jamoat doiralari vakillari ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston madaniyati va san’atining o‘ziga xosligini ta’kidladi. Ular o‘lkadagi o‘zbek diasporasiga milliy madaniyat, tarix, an’ana va urf-odatlarni saqlab qolishda ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.Bayram dasturida Farg‘ona shahridagi “Fantaziya” raqs teatrining chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Jamoa o‘zbek milliy raqs san’atining nafosati va rang-barangligini namoyish etdi.Tadbirning davomi sifatida Krasnoyarsk o‘lkasi Xalqlar do‘stligi uyida gala-konsert ham bo‘lib o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250811/xiva-qovun-sayli-51176472.html
novosibirsk
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58899101_119:0:831:534_1920x0_80_0_0_22214e4526fdfd0ed599fdbceb52a565.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
festival, "rossiya segodnya", markaziy osiyo, novosibirsk, madaniyat, o‘zbekiston, bayram
festival, "rossiya segodnya", markaziy osiyo, novosibirsk, madaniyat, o‘zbekiston, bayram
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida “Qovun sayli” bo‘lib o‘tdi
Krasnoyarskda ilk bor “Qovun sayli” o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonliklar, Markaziy Osiyo vakillari va mahalliy jamoatchilik ishtirok etdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Krasnoyarsk o‘lkasida ilk bor o‘zbek xalqining an’anaviy bayramlaridan biri — “Qovun sayli” tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Tadbir Krasnoyarsk aholisi va mehmonlari, ushbu o‘lkadagi turli korxonalarda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari vakillarini bir joyga jamladi.
O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov o‘z tabrik so‘zida mazkur bayram o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi, bag‘rikengligi va insonparvarligini aks ettirishini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Rossiya shaharlari orasida “Qovun sayli”ning aynan Krasnoyarskda o‘tkazilishi xorijdagi vatandoshlarning birdamligi va o‘z milliy qadriyatlariga sadoqatini ko‘rsatadi.
Krasnoyarsk davlat va jamoat doiralari vakillari ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston madaniyati va san’atining o‘ziga xosligini ta’kidladi. Ular o‘lkadagi o‘zbek diasporasiga milliy madaniyat, tarix, an’ana va urf-odatlarni saqlab qolishda ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Bayram dasturida Farg‘ona shahridagi “Fantaziya” raqs teatrining chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Jamoa o‘zbek milliy raqs san’atining nafosati va rang-barangligini namoyish etdi.
Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar ijrochilari, doira va tanbur kabi milliy cholg‘u asboblarini mahorat bilan chalgan sozandalar — Ulug‘bek Hoshimov va Nizomjon Vahobovning chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Tadbirning davomi sifatida Krasnoyarsk o‘lkasi Xalqlar do‘stligi uyida gala-konsert ham bo‘lib o‘tdi.