Xivada "Qovun sayli" yakunlandi. G‘oliblar qanday taqdirlandi - foto

Obuna bo‘lish
Xivada "Qovun sayli" yakunlandi. G‘olibga "Treker" avtomobili topshirildi. Tantanali taqdirlash marosimidan so‘ng mahalliy va xorijiy san’atkorlar ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Xorazm viloyatining Xiva shahrida har yili o‘tkaziladigan "Qovun sayli" festivali yakunlandi.
8-10 avgust kunlari "Ichan-qal’a" tarixiy majmuasi va "Arda-Xiva" sayyohlik markazi hududida keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy fermer xo‘jaliklari tomonidan yigirmataga yaqin stendlarda qovunning ko‘plab navlari va ularni yetishtirish texnologiyalari namoyish etildi.
Festival mehmonlari degustatsiyalardan tashqari, folklor jamoalarining chiqishlarini tomosha qilishlari, milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari va xalq o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin edi.
Festivalning faol ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha Xorazm viloyati hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Urganch shahri Gran-pri, ya’ni "Treker" avtomobili sohibi bo‘ldi, festival mezboni Xiva shahri esa birinchi o‘rin uchun "Oniks"ni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rin sohibiga "Damas" avtomobili, uchinchi o‘ringa esa elektromotosikl berildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng mahalliy va xorijiy san’atkorlar ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston fotolentasida.
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
1/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
2/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
3/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
4/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
5/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
7/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
8/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
9/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
10/11
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
V Xive zavershilsya prazdnik dini - Sputnik O‘zbekiston
11/11
Yangiliklar lentasi
0