https://oz.sputniknews.uz/20260708/peskov-russia-maxsus-harbiy-operatsiya-58897347.html
Peskov Rossiya nima uchun maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur bo‘lganini tushuntirdi
Peskov Rossiya nima uchun maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur bo‘lganini tushuntirdi
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Peskov Weltwoche nashriga intervyusida Rossiya Ukraina bilan 2022-yilda kelishuvga yaqin bo‘lganini aytdi. U Yevropaning Rossiyaga “strategik mag‘lubiyat” yetkazish rejasini katta xato deb atadi.
2026-07-08T12:17+0500
2026-07-08T12:17+0500
2026-07-08T12:17+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
dmitriy peskov
vladimir putin
vladimir zelenskiy
yevropa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/05/58126862_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_becd7dd312e151ce197742f4e085a5b0.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan avval o‘z xavfsizligiga tahdidlar haqida bir necha bor ogohlantirgan, ammo G‘arb davlatlari buni eshitishni istamagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Shveysariyaning Weltwoche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.Kreml vakili Ukraina hududi Rossiyaga qarshi turli qurollarni joylashtirish maydoniga aylanishi mumkin bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev “Rossiya bilan urushni davom ettirish uchun vosita” sifatida ko‘rilmoqda.Peskov 2022-yilda Rossiya va Ukraina kelishuvga yaqin bo‘lganini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda hujjat tayyorlangan va tomonlar uning har bir sahifasini kelishib olgan.Shu bilan birga, Peskov G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi mojaro xarakterini o‘zgartirganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu endi faqat maxsus harbiy operatsiya emas, balki “keng ko‘lamli urush”ga aylangan.Kreml vakili Yevropa davlatlari hali ham Rossiyaga “strategik mag‘lubiyat” yetkazish mumkin deb o‘ylayotganini katta xato deb atadi. U Yevropa markazida harbiy harakatlarni davom ettirish xavfli ekanini, yangi xavfsizlik arxitekturasisiz mojaroni hal qilish qiyinligini bildirdi.Peskovning aytishicha, Ukrainadagi vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda, Rossiya qo‘shinlari esa chegaralar yaqinida xavfsizlik bufer zonasini yaratish uchun turli yo‘nalishlarda harakat qilmoqda.Peskov, shuningdek, Zelenskiy urushni to‘xtatishni va’da qilib hokimiyatga kelganini eslatdi. Uning fikricha, Kiyev qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqishi va “de-fakto vaziyatni tan olishi” orqali jangovar harakatlar to‘xtatilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260629/putin-mho-ukraine-58657430.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/05/58126862_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c44c7046d9b0fb2dc519fc49b471a56b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy, yevropa
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy, yevropa
Peskov Rossiya nima uchun maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur bo‘lganini tushuntirdi
Dmitriy Peskov Rossiya Ukraina bilan 2022-yilda kelishuvga yaqin bo‘lganini, ammo keyin mojaro keng ko‘lamli urushga aylanganini bildirdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan avval o‘z xavfsizligiga tahdidlar haqida bir necha bor ogohlantirgan, ammo G‘arb davlatlari buni eshitishni istamagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Shveysariyaning Weltwoche nashriga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
“Bu qaror (maxsus harbiy operatsiyani boshlash haqida — tahr.) qabul qilinishi lozim edi. U Yevropa poytaxtlari va AQSh bilan muzokaralar tajribasini hisobga olgan holda qabul qilindi. Sizni hech kim tinglamayotganini tushunganingizda, qat’iy choralar ko‘rasiz”, — dedi Peskov.
Kreml vakili Ukraina hududi Rossiyaga qarshi turli qurollarni joylashtirish maydoniga aylanishi mumkin bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev “Rossiya bilan urushni davom ettirish uchun vosita” sifatida ko‘rilmoqda.
Peskov 2022-yilda Rossiya va Ukraina kelishuvga yaqin bo‘lganini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda hujjat tayyorlangan va tomonlar uning har bir sahifasini kelishib olgan.
“Biz ukrainaliklar bilan kelishuvga yaqin edik”, — dedi u.
Shu bilan birga, Peskov G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi mojaro xarakterini o‘zgartirganini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu endi faqat maxsus harbiy operatsiya emas, balki “keng ko‘lamli urush”ga aylangan.
Kreml vakili Yevropa davlatlari hali ham Rossiyaga “strategik mag‘lubiyat” yetkazish mumkin deb o‘ylayotganini katta xato deb atadi. U Yevropa markazida harbiy harakatlarni davom ettirish xavfli ekanini, yangi xavfsizlik arxitekturasisiz mojaroni hal qilish qiyinligini bildirdi.
Peskovning aytishicha, Ukrainadagi vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda, Rossiya qo‘shinlari esa chegaralar yaqinida xavfsizlik bufer zonasini yaratish uchun turli yo‘nalishlarda harakat qilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya “yetarlicha kuchli” va iqtisodiyot hamda qaror qabul qilish tizimi yangi sharoitlarga moslashgan.
Peskov, shuningdek, Zelenskiy urushni to‘xtatishni va’da qilib hokimiyatga kelganini eslatdi. Uning fikricha, Kiyev qo‘shinlarini Donbassdan olib chiqishi va “de-fakto vaziyatni tan olishi” orqali jangovar harakatlar to‘xtatilishi mumkin.