Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin maxsus operatsiya haqida muhim bayonotlar berdi — tafsilotlar

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin otvetil na voprosi rossiyskogo jurnalista
Prezident Vladimir Putin otvetil na voprosi rossiyskogo jurnalista - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya hududidagi vaziyat haqida gapirib, Sumi, Slavansk, Konstantinovka, Kramatorsk aglomeratsiyasi, Krasniy Liman va Dobropolye yo‘nalishlaridagi holatga to‘xtaldi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vesti” telekanali jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida maxsus harbiy operatsiya hududidagi vaziyat haqida bir qator bayonotlar berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Donbassda bir nechta yo‘nalishda oldinga siljishda davom etmoqda.

U Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qariyb 10-yil davomida Slavansk, Kramatorsk, Drujkovka, Alekseyevo-Drujkovka, Konstantinovka, shuningdek, Dobropolye va Ocheretino yo‘nalishlarida strategik mudofaa chizig‘i yaratilganini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Sumi yo‘nalishidagi vaziyatga ham to‘xtaldi. Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati markaziy shahrigacha taxminan 10,5 kilometr masofada turibdi. Putin bu yo‘nalishda qo‘shinlar faol va tez sur’atda harakat qilayotganini bildirdi.
Shu bilan birga, u Rossiyaning Sumi shahri va umuman mintaqaga nisbatan “siyosiy rejalari” yo‘qligini aytdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi harakatlar chegara hududlarida xavfsizlik zonasini yaratish vazifasi bilan bog‘liq.

Rossiya prezidentining aytishicha, “Janub” qo‘shinlar guruhining 3-armiyasi Slavansk shahri tomon harakatlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlar Nikolayevka aholi punktiga kirgan, Slavanskkacha taxminan 8-9 kilometr qolgan.

Putin Konstantinovka yo‘nalishida ham janglar davom etayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari shaharning 96 foizini nazorat qilmoqda. Prezident bu hududni Ukraina Qurolli kuchlarining strategik mudofaa chizig‘idagi muhim tayanch nuqtalaridan biri deb atadi.
Putin, shuningdek, Drujkovka va Kramatorsk yo‘nalishidagi vaziyatga ham e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Drujkovka Alekseyevo-Drujkovkaga tutash joylashgan, Drujkovkadan Kramatorskkacha esa atigi 4 kilometr masofa bor.

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Ukraina tomoni ushbu aglomeratsiyadan sanoat korxonalarini evakuatsiya qilishga kirishgan.

Shuningdek, Putin Krasniy Liman shahridagi vaziyatga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududda 11 mingta uydan 149 tasini egallash qolgan. U Krasniy Limanni sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi yirik saralash temir yo‘l stansiyalaridan biri va Donbassdagi muhim logistika markazi deb baholadi.
Rossiya prezidenti Rubsovskoe yo‘nalishidagi Rubsi aholi punkti atrofida ham vaziyat haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, Stariy Oskol darosining chap qirg‘og‘ida Ukraina Qurolli kuchlarining taxminan 5 ming kishilik guruhi amalda to‘sib qo‘yilgan, uni to‘liq qurshovga olish uchun taxminan 2 kilometr qolgan.

Putin Dobropolye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari “o‘tib bo‘lmas” deb hisoblangan uch qatorli muhandislik to‘siqlarini yorib o‘tganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Dobropolyega shimol tomondan yaqinlashgan, shahar ortida esa Ukraina Qurolli kuchlarida oldindan tayyorlangan mudofaa marralari yo‘q.

Prezident, shuningdek, Ukraina tomoni bu hududda shoshilinch ravishda mahalliy tayanch punktlari yaratishga urinayotganini aytdi.
Vstrecha prezidenta RF Vladimira Putina s uchastnikami SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Hech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmagan va olmaydi ham — Putin
Yangiliklar lentasi
0