https://oz.sputniknews.uz/20260708/belarus-uzbekistan-madaniyat-kunlar-58908975.html
Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda
Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Belarusda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda. Dastur doirasida madaniyat vazirlari uchrashuvi, “O‘zbek kinosi kunlari”, konsert dasturi va “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
2026-07-08T17:59+0500
2026-07-08T17:59+0500
2026-07-09T11:47+0500
madaniyat
ozodbek nazarbekov
madaniyat vazirligi
o‘zbek kino
konsert
minsk
belarus
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58908503_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ab580716676201f02e6fb002a4ecaea0.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Joriy yilning 7–8 iyul kunlari Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, san’at va madaniyat sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.Dastur doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Belarus madaniyat vaziri Marat Markov bilan uchrashdi. Tomonlar madaniyat, kino, teatr, muzey, kutubxona, madaniy ta’lim, kreativ industriya va raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Minskdagi Belarus IT parki hamda A. Glebov nomidagi Minsk davlat amaliy san’at kolleji faoliyati bilan tanishdi.Uchrashuvlarda madaniy merosni saqlash, muzey va kutubxonalarni rivojlantirish, sohaga sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida O‘zbek kinosi kunlari ochildi. Dastur doirasida o‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.Madaniyat kunlari doirasida 8-iyul kuni Minskdagi “Respublika” saroyida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi hamda “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260503/tashkent-rus-uy-kvest-57294504.html
minsk
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/08/58908503_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bcd1de9e353106c654a715c61bc2b5b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, ozodbek nazarbekov, madaniyat vazirligi, o‘zbek kino, konsert, minsk, belarus, o‘zbekiston
madaniyat, ozodbek nazarbekov, madaniyat vazirligi, o‘zbek kino, konsert, minsk, belarus, o‘zbekiston
Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda
17:59 08.07.2026 (yangilandi: 11:47 09.07.2026) Dasturdan kino namoyishlari, konsert va foto ko‘rgazma o‘rin olgan.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Joriy yilning 7–8 iyul kunlari Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, san’at va madaniyat sohasidagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Dastur doirasida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Belarus madaniyat vaziri Marat Markov bilan uchrashdi. Tomonlar madaniyat, kino, teatr, muzey, kutubxona, madaniy ta’lim, kreativ industriya va raqamlashtirish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Minskdagi Belarus IT parki hamda A. Glebov nomidagi Minsk davlat amaliy san’at kolleji faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvlarda madaniy merosni saqlash, muzey va kutubxonalarni rivojlantirish, sohaga sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Minsk shahridagi “Pobeda” kinoteatrida O‘zbek kinosi kunlari ochildi. Dastur doirasida o‘zbek filmlari belarus tomoshabinlariga namoyish etilmoqda.
Madaniyat kunlari doirasida 8-iyul kuni Minskdagi “Respublika” saroyida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida konsert dasturi hamda “Yangi O‘zbekiston” foto ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.