Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSeremoniya podpisaniya dvustoronnix dokumentov po itogam peregovorov mejdu Uzbekistanom i Belarusyu.
Seremoniya podpisaniya dvustoronnix dokumentov po itogam peregovorov mejdu Uzbekistanom i Belarusyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Obuna bo‘lish
Minskda oliy darajadagi muzokaralar, ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston – Belarus ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif arafasida Minsk shahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum ham bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev 2025-yil iyun oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘lgan edi.
Uzbekistan i Belarus podpisali plan po dovedeniyu torgovli prodovolstviyem do $1 mlrd. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
O‘zbekiston va Belarus oziq-ovqat savdosini 1 mlrd dollarga yetkazish rejasini imzoladi
Yangiliklar lentasi
0