https://oz.sputniknews.uz/20260707/islom-tsivilizatsiya-forum-vazifalar-58877285.html
Kamilov Islom sivilizatsiyasi forumining asosiy vazifalarini aytdi
Kamilov Islom sivilizatsiyasi forumining asosiy vazifalarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Muzaffar Kamilov Islom sivilizatsiyasi forumi uzoq muddatli hamkorlik maydoniga aylanishi kerakligini ta’kidladi. U qo‘lozmalarni raqamlashtirish, yosh olimlar uchun dasturlar va SI asosida ilmiy platformalar yaratish zarurligini qayd etdi
2026-07-07T14:06+0500
2026-07-07T14:06+0500
2026-07-07T14:06+0500
islom sivilizatsiyasi markazi
o‘zbekiston
forum
islom dini
prezident administratsiyasi
olimlar
sun’iy intellekt
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58876405_0:496:2730:2032_1920x0_80_0_0_ca548005bf488cb904b710953328c626.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi uzoq muddatli hamkorlikka xizmat qiladigan amaliy muloqot va sheriklik maydoniga aylanishi kerak.Bu haqda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Kamilov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Kamilovning ta’kidlashicha, bugun insoniyat geosiyosiy nizolar, diniy toqatsizlik, ekstremizm va terrorizm, islomofobiya, axborot makonida soxta diniy qarashlarning tarqalishi kabi tahdidlarga duch kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, forumning muhim vazifalaridan biri kelajak uchun umumiy intellektual makon yaratishdir. Buning uchun islom sivilizatsiyasiga oid qo‘lozmalar, noyob manbalar va ilmiy merosni hamkorlikda tadqiq etish, raqamlashtirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur.Kamilov yosh olimlar, tadqiqotchilar va islomshunos mutaxassislar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuvlar, stajirovkalar va ilmiy grantlarni ko‘paytirish muhimligini ham qayd etdi.Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanib, ishonchli ilmiy bilim platformalarini yaratish va ularni xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirish taklif etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/tashkent-islom-tsivilizatsiya-forum-58874796.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58876405_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_b823509c1f5ed5565c8c9bc6acceca8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
islom sivilizatsiyasi markazi, o‘zbekiston, forum, islom dini, prezident administratsiyasi, olimlar, sun’iy intellekt, jamiyat
islom sivilizatsiyasi markazi, o‘zbekiston, forum, islom dini, prezident administratsiyasi, olimlar, sun’iy intellekt, jamiyat
Kamilov Islom sivilizatsiyasi forumining asosiy vazifalarini aytdi
Muzaffar Kamilov forum islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, raqamlashtirish va yosh olimlar uchun qo‘shma dasturlarni kengaytirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi uzoq muddatli hamkorlikka xizmat qiladigan amaliy muloqot va sheriklik maydoniga aylanishi kerak.
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Kamilov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Kamilovning ta’kidlashicha, bugun insoniyat geosiyosiy nizolar, diniy toqatsizlik, ekstremizm va terrorizm, islomofobiya, axborot makonida soxta diniy qarashlarning tarqalishi kabi tahdidlarga duch kelmoqda.
Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda axloqiy mezonlarni saqlash ham dolzarb masalaga aylanmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, forumning muhim vazifalaridan biri kelajak uchun umumiy intellektual makon yaratishdir. Buning uchun islom sivilizatsiyasiga oid qo‘lozmalar, noyob manbalar va ilmiy merosni hamkorlikda tadqiq etish, raqamlashtirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarur.
Kamilov yosh olimlar, tadqiqotchilar va islomshunos mutaxassislar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuvlar, stajirovkalar va ilmiy grantlarni ko‘paytirish muhimligini ham qayd etdi.
Shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanib, ishonchli ilmiy bilim platformalarini yaratish va ularni xalqaro hamkorlik asosida rivojlantirish taklif etildi.
“Islom sivilizatsiyasi markazini xalqaro konferensiyalar, ilmiy muloqotlar, ekspertlar uchrashuvlari va qo‘shma tadqiqotlarni muntazam tashkil etish uchun doimiy muloqot maydoniga aylantirish muhim”, — dedi Kamilov.