https://oz.sputniknews.uz/20260707/tashkent-islom-tsivilizatsiya-forum-58874796.html
Ilm-ma’rifat tinchlikning mustahkam poydevori: Toshkentda Islom sivilizatsiyasi forumi ochildi
Ilm-ma’rifat tinchlikning mustahkam poydevori: Toshkentda Islom sivilizatsiyasi forumi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi. Anjumanda 50 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin mehmon ishtirok etmoqda. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaati o‘qib eshittirildi.
2026-07-07T12:47+0500
2026-07-07T12:47+0500
2026-07-07T12:47+0500
din ishlari bo‘yicha qo‘mita
islom dini
o‘zbekiston
toshkent
shavkat mirziyoyev
imom buxoriy
muso at-termiziy
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58873904_0:507:2730:2043_1920x0_80_0_0_ab9c0633b64309c41d78a5a40c8ec1ba.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkentda “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Forumda 50 tadan ortiq davlatdan 300 nafarga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, ulamolar, akademiklar, islomshunoslar, olimlar, tadqiqotchilar, muzey va kutubxonalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda OAV vakillari bor.Forum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda ICESCO bilan hamkorlikda tashkil etildi.Davlat rahbari murojaatida ushbu forumning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi chuqur tarixiy va ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, anjuman jahon hamjamiyatida islom sivilizatsiyasining boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.Murojaatda bugungi dunyoda mojarolar, o‘zaro ishonchsizlik, toqatsizlik, ekstremizm va islomofobiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgani qayd etildi. Bunday sharoitda ilm-fan, ta’lim, tarbiya, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro tushunish va barqaror taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘lishi ta’kidlandi.Prezident O‘zbekiston 2017-yilda BMT minbaridan ilgari surgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi bugun ham dolzarbligini saqlab qolayotganini bildirdi. Murojaatda Islom sivilizatsiyasi markazi o‘tmish va kelajakni, Sharq va G‘arbni, qadimiy an’analar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini bog‘laydigan intellektual ko‘prik sifatida baholandi.Prezident forumni xalqaro ilmiy va gumanitar hamkorlikning yangi bosqichi deb atab, qo‘shma tadqiqotlar, nashrlar, ta’lim dasturlari va madaniy loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250911/uzbekistan-din-hamjihatlik-vijdon-erkinlik-forum-51903898.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58873904_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_53010020b4a5cf4d8cd4a8e23e551149.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
din ishlari bo‘yicha qo‘mita, islom dini, o‘zbekiston, toshkent, shavkat mirziyoyev, imom buxoriy, muso at-termiziy, jamiyat
din ishlari bo‘yicha qo‘mita, islom dini, o‘zbekiston, toshkent, shavkat mirziyoyev, imom buxoriy, muso at-termiziy, jamiyat
Ilm-ma’rifat tinchlikning mustahkam poydevori: Toshkentda Islom sivilizatsiyasi forumi ochildi
Forumda 50 tadan ortiq davlatdan 300 nafarga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda. Prezident murojaatida ilm-ma’rifat tinchlik va taraqqiyotning muhim asosi ekani ta’kidlandi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkentda “Tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda 50 tadan ortiq davlatdan 300 nafarga yaqin xorijiy mehmon ishtirok etmoqda. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, ulamolar, akademiklar, islomshunoslar, olimlar, tadqiqotchilar, muzey va kutubxonalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar hamda OAV vakillari bor.
Forum O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda ICESCO bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga murojaati o‘qib eshittirildi. Murojaatni prezident maslahatchisi va spichrayteri Xayriddin Sultonov o‘qidi.
Davlat rahbari murojaatida ushbu forumning O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi chuqur tarixiy va ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, anjuman jahon hamjamiyatida islom sivilizatsiyasining boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosiga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Murojaatda bugungi dunyoda mojarolar, o‘zaro ishonchsizlik, toqatsizlik, ekstremizm va islomofobiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgani qayd etildi. Bunday sharoitda ilm-fan, ta’lim, tarbiya, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro tushunish va barqaror taraqqiyot uchun mustahkam asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Prezident O‘zbekiston 2017-yilda BMT minbaridan ilgari surgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi bugun ham dolzarbligini saqlab qolayotganini bildirdi.
Shuningdek, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi allomalar merosi jahon tafakkuri xazinasida muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Murojaatda Islom sivilizatsiyasi markazi o‘tmish va kelajakni, Sharq va G‘arbni, qadimiy an’analar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini bog‘laydigan intellektual ko‘prik sifatida baholandi.
Prezident forumni xalqaro ilmiy va gumanitar hamkorlikning yangi bosqichi deb atab, qo‘shma tadqiqotlar, nashrlar, ta’lim dasturlari va madaniy loyihalarni amalga oshirishga chaqirdi.