https://oz.sputniknews.uz/20260707/internet-navigatsiya-startap-raqamlashtirish-takliflar-58881806.html
Raqamli platforma, milliy navigatsiya: raqamlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ma’qullandi
Raqamli platforma, milliy navigatsiya: raqamlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ma’qullandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi uchun sun’iy intellekt asosida yagona raqamli platforma joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2030-yilgacha AT eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish va 5 mingta startap tashkil etish maqsad qilingan.
2026-07-07T16:03+0500
2026-07-07T16:03+0500
2026-07-07T16:03+0500
shavkat mirziyoyev
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
iqtisod
imtiyoz
eksport
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58881453_0:188:1900:1257_1920x0_80_0_0_8ee434e624d7f0ea4d2f1d9653e5b22c.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish va telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.Taqdimotda davlat idoralarida ma’lumotlar bazalari tarqoq holda shakllangani, ularni tahlil qilish va qaror qabul qilishda yagona yondashuv yetishmayotgani qayd etildi.Shu bois davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilindi.Shuningdek, bojxona, soliq, statistika va boshqa idoralar turli tovar klassifikatorlaridan foydalanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yagona milliy tasniflash tizimi joriy etilsa, tadbirkorlar uchun ortiqcha burokratik jarayonlar qisqaradi va idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi soddalashadi.Milliy navigatsiya tizimi ham ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. U geoma’lumotlarni yagona standart asosida shakllantirish, transport, logistika, tezkor xizmatlar, shaharsozlik va davlat xizmatlarini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.Bu borada “Talent Hub” dasturi ishga tushiriladi. U orqali xorijiy mutaxassislar va investorlarga masofadan korxona, bank hisobraqami va xalqaro karta ochish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, IT-Park rezidentlari xodimlari uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, “IT visa” va “Zero Risk” dasturlarini kengaytirish taklif qilindi.AT eksportchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun oylik ish haqi xarajatlarining bir qismini qoplash, xalqaro sertifikatlash va relokatsiya xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmlari ham ko‘zda tutilmoqda.Ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi internetga ulanish texnologiyasi asosida loyihalash talabi joriy etiladi. Sohaga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida 530 million so‘mgacha kreditlar ajratish taklif qilindi.Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260623/it-park-tamal-tosh-marosim-58542246.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58881453_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_77a08a53258ad85df62f640f5ce64048.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, iqtisod, imtiyoz, eksport, axborot texnologiyalari (it)
shavkat mirziyoyev, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, iqtisod, imtiyoz, eksport, axborot texnologiyalari (it)
Raqamli platforma, milliy navigatsiya: raqamlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ma’qullandi
Takliflar orasida ko‘p qavatli uylarni tezkor internetga mos qurish, milliy navigatsiya tizimini yaratish va telekom sohasida litsenziyalashni soddalashtirish bor.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish va telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha taqdimot
bilan tanishdi.
Taqdimotda davlat idoralarida ma’lumotlar bazalari tarqoq holda shakllangani, ularni tahlil qilish va qaror qabul qilishda yagona yondashuv yetishmayotgani qayd etildi.
Shu bois davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilindi.
Platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ma’lumotlarni tahlil qilish, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlash, qarorlar ijrosini monitoring qilish va resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bojxona, soliq, statistika va boshqa idoralar turli tovar klassifikatorlaridan foydalanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yagona milliy tasniflash tizimi joriy etilsa, tadbirkorlar uchun ortiqcha burokratik jarayonlar qisqaradi va idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi soddalashadi.
Milliy navigatsiya tizimi ham ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. U geoma’lumotlarni yagona standart asosida shakllantirish, transport, logistika, tezkor xizmatlar, shaharsozlik va davlat xizmatlarini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Taqdimotda AT eksporti va startaplar ekotizimini rivojlantirish rejalari ham ko‘rib chiqildi. 2030-yilgacha AT eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, 5 mingta faol startap tashkil etish va 2 milliard dollar investitsiya jalb qilish maqsad qilingan.
Bu borada “Talent Hub” dasturi ishga tushiriladi. U orqali xorijiy mutaxassislar va investorlarga masofadan korxona, bank hisobraqami va xalqaro karta ochish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, IT-Park rezidentlari xodimlari uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, “IT visa” va “Zero Risk” dasturlarini kengaytirish taklif qilindi.
AT eksportchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun oylik ish haqi xarajatlarining bir qismini qoplash, xalqaro sertifikatlash va relokatsiya xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmlari ham ko‘zda tutilmoqda.
Telekommunikatsiya sohasida esa biznes muhitini yaxshilash maqsadida tarmoqlarni loyihalash va qurish bo‘yicha 2 ta litsenziyani bittaga birlashtirish, litsenziya berish muddatini 25 ish kunidan 10 ish kuniga qisqartirish taklif etildi.
Ko‘p qavatli uylarni yuqori tezlikdagi internetga ulanish texnologiyasi asosida loyihalash talabi joriy etiladi. Sohaga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida 530 million so‘mgacha kreditlar ajratish taklif qilindi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga topshiriqlar berdi.