Mirziyoyev Yangi Namangan IT-parki qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zakladki pervogo kamnya v stroitelstvo IT-parka
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zakladki pervogo kamnya v stroitelstvo IT-parka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2026
Obuna bo‘lish
Yangi Namangan shahrida quriladigan IT-park 2 mingga yaqin ish o‘rni yaratib, viloyat AT xizmatlari eksportini 30 million dollargacha oshirish imkonini beradi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Namangan shahri hududida IT-park qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy IT-parklar ishga tushirildi.
Xitoylik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan 117 million dollarlik loyiha doirasida Yangi Namangan, Samarqand, Chirchiq, Nurafshon, Urganch va Navoiy shaharlarida IT-parklar barpo etiladi.
Ta’kidlanishicha, Yangi Namangan shahridagi loyihaga ko‘ra, 1,7 gektar maydonda 17 qavatli zamonaviy bino quriladi. U xorijiy hamkorlar tomonidan to‘liq tayyor holda topshiriladi.
Maydoni qariyb 18 ming kvadrat metr bo‘lgan majmuada ta’lim va eksport markazlari, kovorking va ofis maydonlari, startap akseleratori hamda xorijiy kompaniyalar uchun maxsus xizmatlar joylashtiriladi.
Bu yerda o‘nlab kompaniyalar va startap studiyalari yagona IT-ekotizim doirasida faoliyat yuritadi. Natijada qariyb 2 ming nafar yosh yuqori daromadli ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
Loyihaning amalga oshirilishi viloyatda AT xizmatlari hajmini yiliga 500 milliard so‘mga, eksportni esa 30 million dollarga yetkazish imkonini beradi.
Tamal toshi qo‘yish marosimidan so‘ng davlat rahbari ishtirokida viloyatdagi qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilish ishlarini boshlashga bag‘ishlangan tadbir ham bo‘lib o‘tdi.
Prezident provol videoselektor po voprosam razvitiya II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanishni rivojlantiradi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0