Ulushli qurilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo jilogo kompleksa
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Qonun fuqarolar mablag‘larini himoya qilish va qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ulushli qurilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan urbanizatsiya va shaharsozlikka taqdimotda ma’lum qilindi.
Qonun bilan ulushli qurilish loyihalarini yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish, fuqarolar mablag‘larini himoya qilish va qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash nazarda tutilgan.
Yig‘ilishda ulushli qurilishni moliyalashtirishning yangi tizimi – eskrou hisobvaraqlari mexanizmi ham muhokama qilindi.
Bunda xaridorlar mablag‘i vakolatli bankdagi maxsus hisobvaraqda saqlanadi, qurilish ishlari belgilangan shartlar asosida bajarilgandan keyingina quruvchiga o‘tkaziladi.
Eskrou tizimi to‘rt asosiy qoidaga asoslanadi:
birinchidan, eskrou hisobvaraqlariga tushgan mablag‘lar kreditorlarning undiruviga qaratilmaydi;
ikkinchidan, investorlar va quruvchilar faqat vakolatli banklar orqali ishlaydi;
uchinchidan, topshirish dalolatnomasi imzolangandan so‘ng mablag‘lar quruvchiga o‘tkaziladi;
to‘rtinchidan, shartnoma bekor qilinganda ulushdor mablag‘i to‘liq qaytariladi.
Ta’kidlanishicha, yangi tizimda “Uy-joy” yagona axborot platformasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu platformada barcha qurilish jarayonlari ochiq elektron tarzda yuritiladi, developerlar reytingi, ruxsatnomalar, loyiha va qurilish jarayoni, eskrou hisobvaraqlari va shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar birlashtiriladi.
Stroyashiysya delovoy sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Ulushli qurilishda reklama qonunchiligini buzgan kompaniyalar jarima qilindi
Yangiliklar lentasi
0