Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

RF Mudofaa vazirligi: Ukraina NATO sammiti oldidan 625 ta dron bilan hujum qilishga urindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishZenitno raketno-pushechniy kompleks Pansir-1S
Zenitno raketno-pushechniy kompleks Pansir-1S - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Obuna bo‘lish
Vazirlikka ko‘ra, bunday harakatlar e’tibordan chetda qolmaydi va Ukraina hududiga beriladigan javob zarbalari soni hamda kuchining oshirilishi bilan to‘xtatiladi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. 2026 yil 6-iyulga o‘tar kechasi Ukraina tomoni 625 ta uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparati bilan hujum qilishga urindi. Ularning 613 tasi Rossiya hududlari ustida urib tushirildi yoki bostirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Ushbu hujumdan ko‘zlangan maqsad Zelenskiyning NATOning Anqaradagi sammiti arafasida Yevropa davlatlari, jumladan, Buyuk Britaniyadagi homiylariga ularning pullari evaziga Ukraina hududidan Rossiya Federatsiyasidagi fuqarolik obyektlariga zarba berishga tayyorligini namoyish etish edi", - deyiladi xabarda.

Rossiya tomoni hujum asosan yoqilg‘i-energetika infratuzilmasi va logistika obyektlariga qaratilganini bildirdi. Ta’kidlanishicha, hujuj Leningrad, Bransk, Belgorod, Yaroslavl, Kaluga, Kursk viloyatlari va Qrimga uyushtirilgan.
Hujumni qaytarish vaqtida Bransk viloyati ustida 147 ta, Yaroslavl viloyati ustida 72 ta, Qrim ustida 64 ta, Leningrad viloyati ustida 48 ta, Belgorod viloyati ustida 43 ta, Kaluga viloyati ustida 31 ta dron yo‘q qilingan.
Rossiya vazirligining bildirishicha, Kiyev va Kiyev viloyatidagi harbiy-sanoat korxonalari hamda Ukraina Qurolli kuchlari bilan bog‘liq yoqilg‘i-energetika obyektlariga berilgan zarbalar ushbu hujumga javob bo‘lgan.
VS Rossii nanesli massirovanniy udar po predpriyatiyam voyennoy promishlennosti Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy-sanoat korxonalariga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0