https://oz.sputniknews.uz/20260706/russia-ukraine-harbiy-korxonalar-zarba-58852412.html
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy-sanoat korxonalariga zarba berdi
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy-sanoat korxonalariga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev, Kiyev viloyati va Ukrainadagi bir qator hududlarda harbiy-sanoat korxonalari, yoqilg‘i obyektlari va harbiy aerodromlar infratuzilmasiga zarba berilganini ma’lum qildi.
2026-07-06T12:55+0500
2026-07-06T12:55+0500
2026-07-06T12:55+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya mudofaa vazirligi
kiyev
rossiya
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58851868_0:106:1633:1024_1920x0_80_0_0_40e80428c2ef179c1566618ea072b661.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududidagi harbiy-sanoat korxonalari, yoqilg‘i-energetika obyektlari va harbiy aerodromlar infratuzilmasiga ommaviy zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.Idora xabariga ko‘ra, zarbalar quruqlik, havo va dengizda joylashgan yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar, shuningdek, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan.Kiyev shahrida bir nechta harbiy-sanoat korxonasi zararlangan. Jumladan, Kiyev-71 sanoat korxonasi nishonga olingan. Ushbu korxona “Strela”, “Mara”, “Sirko”, “Avenjer”, “Elf-K”, “Flayt Arrou” kabi razvedka dronlari, “Shrayk-10” FPV-dronlari, shuningdek, telemetriya, elektron va optik uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.Shuningdek, “Burevestnik” Kiyev zavodi negizidagi Kiyev-1 radioelektronika sanoati yig‘ish korxonasi ham zararlangani bildirildi. U yerda uzoq va o‘rta masofali uchuvchisiz uchish apparatlari hamda radiolokatsion texnika ishlab chiqarilgan.Bundan tashqari, Kiyev kemasozlik zavodi — “Kuznitsa na Ribalskom” korxonasi ham zararlangani aytildi. U 58155 “Gurza-M” loyihasidagi artilleriya katerlari, shuningdek, ekipajsiz zarba beruvchi katerlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash bilan shug‘ullangan.Kiyevdagi yana bir obyekt sifatida “Kvant” asbobsozlik zavodi tilga olindi. U o‘t ochishni boshqarish tizimlari, optik-elektron qarshi kurash majmualari, navigatsiya va avtomatika vositalari, jumladan, “Neptun-MD” boshqariladigan raketalari uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.Kiyev viloyatida esa “Vizar” Julyani mashinasozlik zavodi zararlangani xabar qilindi. Rossiya tomoni ushbu korxona zenit-raketa tizimlari, aviatsiya texnikasi va havo hujumidan mudofaa vositalari uchun butlovchi qismlar, shuningdek, uzoq masofali samolyot tipidagi dronlarni ishlab chiqarishda ishtirok etganini ta’kidladi.Shuningdek, Kiyev viloyatidagi Vishnevoe yoqilg‘i-moylash materiallari ombori ham nishonga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20260702/russia-armiya-kyiv-zarba-58771453.html
kiyev
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58851868_63:0:1568:1129_1920x0_80_0_0_68ec4269d5996395454cd7d2da46a48a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, kiyev, rossiya, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya mudofaa vazirligi, kiyev, rossiya, ukraina
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy-sanoat korxonalariga zarba berdi
Ukrainaning qator harbiy-sanoat korxonalari, yoqilg‘i-energetika obyektlari hamda harbiy aerodromlar infratuzilmasi katta talofat ko‘rdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududidagi harbiy-sanoat korxonalari, yoqilg‘i-energetika obyektlari va harbiy aerodromlar infratuzilmasiga ommaviy zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
xabar berdi.
Idora xabariga ko‘ra, zarbalar quruqlik, havo va dengizda joylashgan yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar, shuningdek, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan.
Zarbalar Kiyev, Kiyev viloyati hamda Dnepropetrovsk, Poltava, Cherkassk va Chernigov viloyatlaridagi obyektlarga qaratilgan.
Kiyev shahrida bir nechta harbiy-sanoat korxonasi zararlangan. Jumladan, Kiyev-71 sanoat korxonasi nishonga olingan. Ushbu korxona “Strela”, “Mara”, “Sirko”, “Avenjer”, “Elf-K”, “Flayt Arrou” kabi razvedka dronlari, “Shrayk-10” FPV-dronlari, shuningdek, telemetriya, elektron va optik uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Shuningdek, “Burevestnik” Kiyev zavodi negizidagi Kiyev-1 radioelektronika sanoati yig‘ish korxonasi ham zararlangani bildirildi. U yerda uzoq va o‘rta masofali uchuvchisiz uchish apparatlari hamda radiolokatsion texnika ishlab chiqarilgan.
Kiyev-79 sanoat korxonasi — “UKR ARMO TEX” MChJ ham zarbaga uchragan. Korxona zirhli avtomobillar, himoya elementlari, shuningdek, raketa va dronlar uchun jangovar qismlar ishlab chiqarishda ishtirok etgan.
Bundan tashqari, Kiyev kemasozlik zavodi — “Kuznitsa na Ribalskom” korxonasi ham zararlangani aytildi. U 58155 “Gurza-M” loyihasidagi artilleriya katerlari, shuningdek, ekipajsiz zarba beruvchi katerlarni ishlab chiqarish va ta’mirlash bilan shug‘ullangan.
Kiyevdagi yana bir obyekt sifatida “Kvant” asbobsozlik zavodi tilga olindi. U o‘t ochishni boshqarish tizimlari, optik-elektron qarshi kurash majmualari, navigatsiya va avtomatika vositalari, jumladan, “Neptun-MD” boshqariladigan raketalari uchun uskunalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Kiyev viloyatida esa “Vizar” Julyani mashinasozlik zavodi zararlangani xabar qilindi. Rossiya tomoni ushbu korxona zenit-raketa tizimlari, aviatsiya texnikasi va havo hujumidan mudofaa vositalari uchun butlovchi qismlar, shuningdek, uzoq masofali samolyot tipidagi dronlarni ishlab chiqarishda ishtirok etganini ta’kidladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, zarbadan so‘ng obyekt hududida takroriy detonatsiya kuzatilgan.
Shuningdek, Kiyev viloyatidagi Vishnevoe yoqilg‘i-moylash materiallari ombori ham nishonga olingan.