Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Kiyevdagi nishonlarga zarba berdi — Klichko uni eng yirik hujum deb atadi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPusk raketi po vozdushnim selyam
Pusk raketi po vozdushnim selyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Zarbalar harbiy sanoat korxonalari, yoqilg‘i-energetika obyektlari va harbiy aerodromlar infratuzilmasiga qaratilgan.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina tomonidan Rossiyadagi fuqarolik infratuzilmasiga uyushtirilgan hujumlarga javoban Kiyev shahri va Kiyev viloyatidagi harbiy sanoat korxonalari hamda yoqilg‘i-energetika obyektlariga ommaviy zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ukraina poytaxti hokimi Vitaliy Klichko ushbu zarbalarni maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Kiyevga qaratilgan eng katta hujum deb atadi.
Qayd etilishicha, Dnepropetrovsk, Poltava, Cherkassk, Chernigov va Kiyev viloyatlaridagi harbiy aerodromlar infratuzilmasi ham nishonga olingan. Zarba havo, quruqlik va dengizda joylashgan yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar, shuningdek, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari orqali amalga oshirilgan.
Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevda radioelektronika sanoatiga ixtisoslashgan “RADIONIKS” korxonasi zararlangan. U yerda uzoq masofali qanotli va boshqariladigan raketalar uchun boshqaruv tizimlari ishlab chiqilgani aytilmoqda.
Shuningdek, “ATLON AVIA” ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyasi ham nishonga olingan. Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mazkur korxona Ukraina Qurolli kuchlarini uzoq masofali uchuvchisiz apparatlar va boshqa turdagi dronlar bilan ta’minlagan.
Bundan tashqari, “Antonov” davlat korxonasi, Kiyev raketa agregat-detal zavodi, KIYeV-25 sanoat korxonasi, “MLP-ChAYKA” transport-logistika markazi va Kiyev-3 yonilg‘i-moylash materiallari ombori ham zarba berilgan obyektlar qatorida tilga olindi.
Rossiya vazirligi bayonotida ushbu obyektlar uchuvchisiz apparatlar, raketalar, zirhli texnika uchun butlovchi qismlar, radioelektron kurash vositalari, o‘q-dorilar va yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq infratuzilma sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Kiyev va Kiyev viloyatidagi Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalari faoliyatini ta’minlagan gaz taqsimlash stansiyalariga ham zarba berilgani ma’lum qilindi.
Rabota raketnogo kompleksa Iskander po selyam VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Qasos hujumi: Rossiya harbiylari Ukraina harbiy nishonlariga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0