Ekologiyaga yetkazilgan zarar uchun jarimalarni keskinlashtirish taklif qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam oxrani prirodi
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam oxrani prirodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2026
Obuna bo‘lish
Ekologiya sohasida nazorat va javobgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentiShavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda "yashil iqtisodiyot" tamoyillarini joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, sanoat, qurilish, transport va kommunal sohalardagi rivojlanish ekologik nazoratni kuchaytirishni talab etmoqda.
Taqdimotda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar tahlil qilinib, 2025-yilda ular soni 59 mingdan oshgani qayd etildi.
“Amaldagi jarima tizimi ekologik zararga mutanosib emasligi sababli, huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish va moliyaviy sanksiyalarni zarar miqdoriga bog‘lash taklif etildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, darolardan noqonuniy qazib olish, suvni ifloslantirish, daraxt kesish, atmosferaga meyordan ortiq tashlamalar chiqarish va chiqindilarni noqonuniy yoqish holatlari uchun ta’sirchan choralar joriy etish taklifi ilgari surildi. Jarima va kompensatsiya to‘lovlarini yagona sanksiyaga birlashtirish ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ugom darosi ekotizimini saqlash masalasi ham muhokama qilinib, uni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilish, qurilish ishlarini cheklash va "Ugom darosi ekotizimini yaxshilash" master rejasini ishlab chiqish taklif etildi.
Chiqindilarni boshqarish sohasida sanitar tozalash qamrovini 90 foizga yetkazish, poligonlar sonini qisqartirish, qayta yuklash stansiyalarini kengaytirish hamda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, xavfli chiqindilar uchun MDH hududida ilk integratsiyalashgan platforma yaratish, Navoiy viloyatida ularni qayta ishlash infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Qurilish chiqindilarini raqamli nazorat qilish tizimini joriy etish ham rejalashtirilgan.
Muhofaza etiladigan hududlarni rivojlantirish doirasida "Yozyovon" tabiat yodgorligi va "Ovjazsoy — Moviy tog‘lar" milliy tabiat bog‘ida ekoturizm infratuzilmasini kengaytirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, ekologik nazoratni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarishda zamonaviy tizimlarni joriy etish hamda tabiiy resurslarni asrash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Uzbekistan vidvinul novie initsiativi po klimatu i ekologii v ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2026
O‘zbekiston ShHTda iqlim va ekologiya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
Yangiliklar lentasi
0