O‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze podpisali Deklaratsiyu ob ustanovlenii otnosheniy strategicheskogo partnerstva.
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze podpisali Deklaratsiyu ob ustanovlenii otnosheniy strategicheskogo partnerstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar moliya, bojxona, raqamlashtirish, yadroviy xavfsizlik, migratsiya, turizm kabi sohalarda ham hujjatlar almashdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:
Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro ma’muriy yordam to‘g‘risida bitim;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Kasbiy va oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston hukumati va Gruziya hukumati o‘rtasida 2026−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va Gruziya Madaniyat vazirligi o‘rtasida 2027−2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Gruziya Moliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
E-Permit ruxsatnomalar almashinuvi axborot tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Radiatsiyaviy himoya va yadroviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik hamda axborot almashish to‘g‘risida memorandum;
Mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Bundan tashqari, tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi bilan Gruziya Adliya vazirligining Majburiy ijro burosi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum ham imzolandi.
Eslatamiz, Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisida bo‘lib turibdi. Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
Yangiliklar lentasi
0