Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Gruziya yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini bir milliard dollarga yetkazishga kelishib oldi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

"O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi elchixonasini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev so‘nggi 23-yilda birinchi marta amalga oshirilayotgan ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston – Gruziya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi.
Tomonlar hukumatlar, parlamentlar, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi faol aloqalarni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etdi, joriy yil boshidan buyon esa 100 million dollardan oshdi. Yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish, savdodagi nomutanosiblikni bartaraf etish, o‘zaro talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ushbu muhim yo‘nalish salohiyatidan to‘laqonli foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze proveli peregovori

Logistika sohasida hamkorlik

O‘zbekiston yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan faol foydalanish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Gruziyada logistika xabini, unda esa sanoat zonasi va O‘zbekiston mahsulotlari uchun shourum tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Shavkat Mirziyoyev “Boku – Tbilisi – Kars” temir yo‘lining ishga tushirilganini olqishladi. Uni barpo etilayotgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l magistrali bilan bog‘lash masalasini o‘rganish taklif etildi.
Sanoat kooperatsiyasi hamkorlikning alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. Kuni kecha o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumi natijalariga yuksak baho berildi. Uning yakunlari bo‘yicha 2027-yilgacha mo‘ljallangan Kooperatsiya dasturi imzolandi.
Qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va energetika tarmoqlari, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Loyihaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish taklif qilindi.

Madaniy hamkorlik

Madaniy-gumanitar aloqalar faol kengaymoqda. Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida Gruziya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zbekiston prezidenti Gruziya tomoniga Tbilisidagi bog‘lardan biriga buyuk shoir Alisher Navoiy nomini berishga qaror qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Joriy yilda O‘zbekistonda qo‘shma ta’lim va turizm forumlarini o‘tkazish rejalashtirildi.
Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi” tayyorlanadi.
Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0