https://oz.sputniknews.uz/20260703/charm-poyabzal-subsidiyalar-58798903.html
Charm va poyabzal ishlab chiqaruvchilarga yangi subsidiyalar beriladi
Charm va poyabzal ishlab chiqaruvchilarga yangi subsidiyalar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilingan poyabzal qoliplari qiymatining 50 foiz qismi qoplab beriladi. 03.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-03T14:33+0500
2026-07-03T14:33+0500
2026-07-03T14:33+0500
iqtisod
subsidiya
poyabzal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_a3f74fe9e9281fba0589d90eb3397080.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanadi. Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 31-dekabrga qadar Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan:2026 yil 1-sentabrdan davlat xaridlarida ishtirok etadigan korxonalarga mahsulot ishlab chiqarishda kooperatsiya asosida mahalliy charm xomashosi va butlovchilardan foydalanish darajasi, yaratilgan ish o‘rinlari soni, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan savdo belgisi va brendiga ko‘ra qo‘shimcha ball berish va 15 foizgacha narx preferensiyasi taqdim etish tartibi joriy etiladi.Davlat buyurtmachilari uchun davlat xaridlari elektron tizimi orqali xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish talabi joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250313/ozbekiston-charm-rossiya-bozor-48373906.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_fba7af1de8b0cc694ef925cae4984357.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, subsidiya, poyabzal
iqtisod, subsidiya, poyabzal
Charm va poyabzal ishlab chiqaruvchilarga yangi subsidiyalar beriladi
Poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilingan poyabzal qoliplari qiymatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarish qo‘llab-quvvatlanadi. Prezidentning tegishli qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 31-dekabrga qadar Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan:
terini qayta ishlab, tayyor charm ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarib, realizatsiya qilingan tayyor charmning har bir detsimetr kvadrati uchun 350 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi;
poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarishga joriy qilingan har bir yangi model uchun 1 mln so‘m, biroq bir korxona uchun bir kalendar yilida 50 mln so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilingan poyabzal qoliplari qiymatining 50 foiz qismi, biroq bir kalendar yilida Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun 10 ming dollar, boshqa davlatlar uchun 5 ming dollardan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;
yengil sanoat korxonalari tomonidan suv tozalash inshootlarida belgilangan meyorlar doirasida suvni tozalash uchun xarid qilingan kimoviy vositalar va reagentlar qiymatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.
2026 yil 1-sentabrdan davlat xaridlarida ishtirok etadigan korxonalarga mahsulot ishlab chiqarishda kooperatsiya asosida mahalliy charm xomashosi va butlovchilardan foydalanish darajasi, yaratilgan ish o‘rinlari soni, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazgan savdo belgisi va brendiga ko‘ra qo‘shimcha ball berish va 15 foizgacha narx preferensiyasi taqdim etish tartibi joriy etiladi.
Davlat buyurtmachilari uchun davlat xaridlari elektron tizimi orqali xarid qilinadigan maxsus poyabzallarning davlat xaridlari tavsifida muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish talabi joriy etiladi.