O‘zbekiston charm mahsulotlari Rossiya bozoriga olib chiqiladi

© Press-slujba assotsiatsii "Uzcharmsanoat"Uchastvuyushie v vistavke "Fashion Style Russia" uzbekskie proizvoditeli dostigli rada vajnix soglasheniy s selyu bolee shirokogo prodvijeniya svoyey produksii na rossiyskom rinke
Uchastvuyushie v vistavke Fashion Style Russia uzbekskie proizvoditeli dostigli rada vajnix soglasheniy s selyu bolee shirokogo prodvijeniya svoyey produksii na rossiyskom rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Moskvadagi ko‘rgazmada qator kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "Fashion Style Russia" yengil sanoat xalqaro ko‘rgazmasida bir qator muhim kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
Ko‘rgazma Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, Shri-Lanka, Misr, Bangladesh, Eron kabi davlatlardan dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni bir platformada birlashtiradi.
Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Rossiya bozorida yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida bir qator muhim kelishuvlarga erishishdi.
“Ular orasida "Reynimpeks" kompaniyasi bilan savdo uyi ochish bo‘yicha kelishuv shular jumlasidandir. Mazkur shartnoma O‘zbekiston charm mahsulotlarini Rossiya bozoriga olib chiqish va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba assotsiatsii "Uzcharmsanoat"
Uchastvuyushie v vistavke Fashion Style Russia uzbekskie proizvoditeli dostigli rada vajnix soglasheniy s selyu bolee shirokogo prodvijeniya svoyey produksii na rossiyskom rinke - Sputnik O‘zbekiston
1/5

2/5

3/5

4/5

5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning yuqori sifatli mahsulotlari, dizayn ishlanmalari va zamonaviy texnologiyalarini Rossiyaning yirik bozorlarida kengroq namoyish etish va joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
“Bu, o‘z navbatida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga jahon bozorida o‘z o‘rnini topish, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkonini beradi. Muzokaralar davomida sarmoyaviy hamkorlik masalalari ham faol muhokama qilinmoqda. Rossiyadan kiritilayotgan sarmoya, o‘z navbatida, O‘zbekiston charm sanoatida innovatsion jarayonlarni amalga oshirishga xizmat qiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Vistavka Intertkan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
O‘zbekiston Moskvadagi to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda — foto
Yangiliklar lentasi
0