Daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish tartibi o‘zgardi

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Tashkente
Povsednevnaya jizn v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Endi ayrim daraxt va butalar ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkaziladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnoma berish tartibi takomillashtirildi. Bu bo‘yicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yerdan 1,3 metr balandlikdagi tana diametri 15 santimetrgacha bo‘lgan daraxtlar hamda tana ildiz bo‘g‘zi diametri 10 santimetrgacha bo‘lgan butalar ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkaziladi.
Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish, shakl berish hamda ruxsat etilgan o‘lchamdagilarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari kuz mavsumida — o‘simliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahorda 1-aprelga qadar amalga oshiriladi.
Bunda daraxt va butalar ildiz tuprog‘ini saqlagan holda ko‘chirilishi kerak.
Ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnoma har bir daraxt yoki butani 3-yil davomida parvarish qilish sharti bilan beriladi.
Les - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
O‘zbekiston va Yaponiya cho‘llanishga qarshi “yashil qoplamalar” yaratadi
Yangiliklar lentasi
0