TDUUning ayrim yo‘nalishlariga kirish uchun IQ test joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente
Zdanie Yuridicheskogo instituta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
TDUUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” yo‘nalishlariga kirishda IQ test joriy etiladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkent davlat yuridik universitetining ayrim bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda IQ test sinovlari o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga qabul tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangi tartib “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonida qo‘llanadi. Faqat IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar TDUUning ushbu yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida huquq sohasi bo‘yicha test topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun sinovlar TDUU tomonidan hamkor xorijiy tashkilot bilan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
IQ testlari har yili 10-iyulga qadar tashkil etiladi. Sinovlarni o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, oliy ma’lumotga ega shaxslar TDUUning maxsus 3-yillik ta’lim dasturi doirasida “yurisprudensiya” yo‘nalishiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun qabul qilinadi. Ular 10-iyuldan 10-avgustga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Bunday abituriyentlar faqat mutaxassislik fanlari va chet tili bo‘yicha test topshiradi. Umumiy qabul imtihonlarida qo‘llaniladigan imtiyozlar (xorijiy til sertifikatlari bundan mustasno) maxsus 3-yillik dasturga tatbiq etilmaydi.
Bundan tashqari, TDUU magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1-yil, turdosh yo‘nalish bitiruvchilari uchun 2-yil etib belgilanadi.
Tashkentskiy Gosudarstvenniy Yuridicheskiy universitet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0