Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

128 ta qishloq ozod etildi: Rossiya qo‘shinlarining yarim yillik natijalari ma’lum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka shturmovix podrazdeleniy 25-y armii gruppirovki voysk "Zapad"
Boyevaya podgotovka shturmovix podrazdeleniy 25-y armii gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida 128 ta aholi punkti nazoratga olindi, 1 575 ta ombor yo‘q qilindi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari 2026-yilning birinchi yarmida maxsus harbiy operatsiya zonasida 128 ta aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlarini o‘rganib xabar berdi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 1-yanvardan 30-iyungacha Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan aholi punktlarining eng ko‘pi DXRga to‘g‘ri keladi — 39 ta. Shuningdek, Xarkov viloyatida 32 ta, Zaporojye viloyatida 29 ta, Sumi viloyatida 20 ta va Dnepropetrovsk viloyatida 8 ta aholi punkti qayd etilgan.
Oylar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich fevralda kuzatilgan — 24 ta aholi punkti. Yanvar va mart oylarida 23 tadan, mayda 21 ta, iyunda 20 ta, aprelda esa 17 ta aholi punkti Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan.
DXR, Xarkov va Zaporojye viloyatlari hissasiga jami 100 ta aholi punkti yoki umumiy ko‘rsatkichning 78 foizi to‘g‘ri keldi.
Shu davrda Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasi manfaatlari yo‘lida foydalanilgan obyektlarga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan 22 ta ommaviy va kamida 135 ta guruhli zarba bergan. Jami zarbalar soni kamida 157 tani tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy nishonlar orasida Ukraina harbiy-sanoat majmuasi korxonalari, energetika, transport, aerodrom va port infratuzilmasi obyektlari, o‘q-dori va yoqilg‘i omborlari, dronlarni ishlab chiqarish, saqlash va uchirish joylari bo‘lgan.
Bundan tashqari, yarim yil davomida Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli 1 575 ta ombor va saqlash joyi yo‘q qilingani ma’lum qilindi. Ular orasida o‘q-dori, yoqilg‘i, moddiy vositalar, qurol-yarog‘, harbiy texnika va butlovchi qismlar saqlanadigan obyektlar bor.
Prezident Vladimir Putin otvetil na voprosi rossiyskogo jurnalista - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin maxsus operatsiya haqida muhim bayonotlar berdi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0