https://oz.sputniknews.uz/20260701/jch-france-sweden-norvay-brazil-58722044.html
JCh-2026: Fransiya va Meksika ishonchli g‘alaba qozondi, Norvegiya Braziliyaga raqib bo‘ldi
JCh-2026: Fransiya va Meksika ishonchli g‘alaba qozondi, Norvegiya Braziliyaga raqib bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
JCh-2026 1/16 finalida Norvegiya Kot-d’Ivuarni 2:1, Fransiya esa Shvetsiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
2026-07-01T07:10+0500
2026-07-01T07:10+0500
2026-07-01T10:06+0500
futbol bo‘yicha jch-2026
futbol
sport
fransiya
norvegiya
shvetsiya
braziliya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/01/58721876_0:282:1717:1248_1920x0_80_0_0_0f39d8689f65bc2ae283fceb0ef736f6.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. JCh-2026 1/16 finalida yana ikki jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi. Norvegiya Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Fransiya Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.Kot-d’Ivuar — Norvegiya uchrashuvi kutilganidek keskin kechdi. Norvegiya birinchi bo‘limda Antonio Nusa golidan keyin hisobda oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limda afrikaliklar faollashdi va 74-daqiqada Amad Diallo hisobni tenglashtirdi.Biroq uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tib ketishi kutilayotgan bir paytda Erling Holand o‘z so‘zini aytdi. Norvegiya hujumchisi o‘yin oxirida g‘alaba golini urib, jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi — 2:1.Yana bir uchrashuvda Meksika Ekvadorni 2:0 hisobida yengib, pley-offda yurishini davom ettirdi. Endi jamoa keyingi bosqichda Angliya — Kongo DR o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.Kunning ikkinchi bahsida Fransiya Shvetsiyaga imkoniyat qoldirmadi. Kilian Mbappe birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Bredli Barkolya farqni ikki to‘pga yetkazdi, so‘ng Mbappe yana bir bor shvedlar darvozasini ishg‘ol qildi — 3:0.Fransiya ushbu g‘alaba orqali 1/8 finalga yo‘l oldi. Mbappe turnirdagi gollari sonini oltitaga yetkazdi va jahon chempionatlaridagi umumiy gollari bo‘yicha Lionel Messining natijasiga yaqinlashdi.Endi Fransiya 1/8 finalda Paragvay bilan to‘qnash keladi. Paragvay avvalroq Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqqan edi.Shu tariqa JCh-2026 pley-off bosqichida Braziliya — Norvegiya va Paragvay — Fransiya juftliklari shakllandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260630/jch-2026-brazil-germany-58681818.html
norvegiya
braziliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/01/58721876_235:404:1361:1248_1920x0_80_0_0_8be206a95edd66bcb815aee8c681d545.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, fransiya, norvegiya, shvetsiya, braziliya
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, fransiya, norvegiya, shvetsiya, braziliya
JCh-2026: Fransiya va Meksika ishonchli g‘alaba qozondi, Norvegiya Braziliyaga raqib bo‘ldi
07:10 01.07.2026 (yangilandi: 10:06 01.07.2026) Fransiya Shvetsiyani 3:0, Meksika esa Ekvadorni 2:0 hisobida yengdi. Norvegiya Kot-d’Ivuarni mag‘lub etib, Braziliyaga raqib bo‘ldi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. JCh-2026 1/16 finalida yana ikki jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi. Norvegiya Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Fransiya Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.
Kot-d’Ivuar — Norvegiya uchrashuvi kutilganidek keskin kechdi. Norvegiya birinchi bo‘limda Antonio Nusa golidan keyin hisobda oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limda afrikaliklar faollashdi va 74-daqiqada Amad Diallo hisobni tenglashtirdi.
Biroq uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tib ketishi kutilayotgan bir paytda Erling Holand o‘z so‘zini aytdi. Norvegiya hujumchisi o‘yin oxirida g‘alaba golini urib, jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi — 2:1.
Yana bir uchrashuvda Meksika Ekvadorni 2:0 hisobida yengib, pley-offda yurishini davom ettirdi. Endi jamoa keyingi bosqichda Angliya — Kongo DR o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Shu tariqa Norvegiya jahon chempionatlari tarixida ilk bor pley-off o‘yinida g‘alaba qozondi. Endi skandinaviyaliklar keyingi bosqichda Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.
Kunning ikkinchi bahsida Fransiya Shvetsiyaga imkoniyat qoldirmadi. Kilian Mbappe birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Bredli Barkolya farqni ikki to‘pga yetkazdi, so‘ng Mbappe yana bir bor shvedlar darvozasini ishg‘ol qildi — 3:0.
Fransiya ushbu g‘alaba orqali 1/8 finalga yo‘l oldi. Mbappe turnirdagi gollari sonini oltitaga yetkazdi va jahon chempionatlaridagi umumiy gollari bo‘yicha Lionel Messining natijasiga yaqinlashdi.
Endi Fransiya 1/8 finalda Paragvay bilan to‘qnash keladi. Paragvay avvalroq Germaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqqan edi.
Shu tariqa JCh-2026 pley-off bosqichida Braziliya — Norvegiya va Paragvay — Fransiya juftliklari shakllandi.