https://oz.sputniknews.uz/20260630/jch-2026-brazil-germany-58681818.html
JCh-2026: Bir kunda ikki sensatsiya - Marokash Niderlandiyani yutdi, Germaniya Paragvayga yutqazdi
JCh-2026: Bir kunda ikki sensatsiya - Marokash Niderlandiyani yutdi, Germaniya Paragvayga yutqazdi
Sputnik O‘zbekiston
JCh-2026 1/16 finalida Braziliya Yaponiyani so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lub etdi. Germaniya esa Paragvayga penaltilar seriyasida yutqazdi.
2026-06-30T06:56+0500
2026-06-30T06:56+0500
2026-06-30T09:06+0500
futbol bo‘yicha jch-2026
sport
futbol
braziliya
panama
germaniya
marokash
niderlandiya
yaponiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58681649_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c9f68dd43ef30fa73d6590909333e933.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. JCh-2026 ning pley-off bosqichida bir kunda ikkita kutilmagan natija qayd etildi. Marokash terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘yinda asosiy va qo‘shimcha vaqtdan keyin g‘olibni aniqlay olmadi, ammo penaltilar seriyasida raqibidan ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.Braziliya — Yaponiya uchrashuvi kutilganidan ancha keskin kechdi. Yaponlar 29-daqiqada Kayshu Sanoning golidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limda Braziliya hujumda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi va raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi.Ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgardi. 56-daqiqada Kazemiro bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tib ketishi kutilayotgan bir paytda Gabriel Martinelli Braziliyani qutqarib qoldi. U 95-daqiqada g‘alaba golini urib, jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi — 2:1.Braziliya keyingi bosqichda Norvegiya — Kot-d’Ivuar juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Yaponiya esa yana bir bor jahon chempionatining pley-off bosqichida to‘xtab qoldi.Biroq penaltilar seriyasida nemislar ishonchli harakat qila olmadi. Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026ning 1/8 finaliga chiqdi. Germaniya esa navbatdagi yirik musobaqada ham omadsiz ishtirokini davom ettirdi.Shu tariqa 1/16 final bosqichida Braziliya va Paragvay keyingi davraga yo‘l oldi. Marokash va Niderlandiya bahsi asosiy vaqtda 1:1 hisob bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Marokash raqibidan ustun kelib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.Avvalroq Kanada ham JARni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqqan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260629/canada-rsa-maglub-etish-58654059.html
braziliya
panama
marokash
niderlandiya
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58681649_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_da64ee966feff5444b89eaebf77b47f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha jch-2026, sport, futbol, braziliya, panama, germaniya, marokash, niderlandiya, yaponiya
futbol bo‘yicha jch-2026, sport, futbol, braziliya, panama, germaniya, marokash, niderlandiya, yaponiya
JCh-2026: Bir kunda ikki sensatsiya - Marokash Niderlandiyani yutdi, Germaniya Paragvayga yutqazdi
06:56 30.06.2026 (yangilandi: 09:06 30.06.2026) JCh-2026 1/16 finalida Braziliya Yaponiyani 2:1 hisobida yengdi. Germaniya Paragvayga, Niderlandiya esa Marokashga penaltilarda yutqazdi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. JCh-2026 ning pley-off bosqichida bir kunda ikkita kutilmagan natija qayd etildi. Marokash terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘yinda asosiy va qo‘shimcha vaqtdan keyin g‘olibni aniqlay olmadi, ammo penaltilar seriyasida raqibidan ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Braziliya — Yaponiya uchrashuvi kutilganidan ancha keskin kechdi. Yaponlar 29-daqiqada Kayshu Sanoning golidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limda Braziliya hujumda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi va raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi.
Ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgardi. 56-daqiqada Kazemiro bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tib ketishi kutilayotgan bir paytda Gabriel Martinelli Braziliyani qutqarib qoldi. U 95-daqiqada g‘alaba golini urib, jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi — 2:1.
Braziliya keyingi bosqichda Norvegiya — Kot-d’Ivuar juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Yaponiya esa yana bir bor jahon chempionatining pley-off bosqichida to‘xtab qoldi.
Kunning eng katta sensatsiyasi Germaniya — Paragvay uchrashuvida qayd etildi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Paragvay birinchi bo‘limda hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda Kay Havers Germaniyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Biroq penaltilar seriyasida nemislar ishonchli harakat qila olmadi. Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, JCh-2026ning 1/8 finaliga chiqdi. Germaniya esa navbatdagi yirik musobaqada ham omadsiz ishtirokini davom ettirdi.
Shu tariqa 1/16 final bosqichida Braziliya va Paragvay keyingi davraga yo‘l oldi.
Marokash va Niderlandiya bahsi asosiy vaqtda 1:1 hisob bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida Marokash raqibidan ustun kelib 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Avvalroq Kanada ham JARni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqqan edi.