So‘nggi daqiqalardagi gol: Kanada JARni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

© REUTERS / JESSIE ALCHEHKanada vishla v 1/8 finala, pobediv YuAR.
Kanada vishla v 1/8 finala, pobediv YuAR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Obuna bo‘lish
Kanada JARni so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi va JCh-2026da 1/8 finalga chiqqan ilk terma jamoaga aylandi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha jahon chempionatining pley-off bosqichi boshlandi. 1/16 finalning ilk o‘yinida Kanada Janubiy Afrika Respublikasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
Uchrashuv taqdirini asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan yagona gol hal qildi. 90+2-daqiqada Stiven Eushtakiu JAR darvozasini ishg‘ol qilib, Kanadaga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Kanada mundialda 1/8 finalga chiqqan ilk jamoaga aylandi. Kanadaliklar keyingi bosqichda Niderlandiya — Marokash juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs 4-iyul kuni Xyustonda bo‘lib o‘tadi.

JAR esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Jamoa guruh bosqichidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, pley-offning birinchi bosqichida to‘xtab qoldi.
JCh-2026ning 1/16 final bosqichi 3-iyulga qadar davom etadi. Keyingi o‘yinlarda Braziliya — Yaponiya, Germaniya — Paragvay va Niderlandiya — Marokash juftliklari maydonga tushadi.
Sbornaya Uzbekistana na ChM-2026 ustupila DR Kongo so schetom 1:3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
O‘zbekiston Kongoga ham mag‘lub bo‘ldi va JCh-2026 bilan xayrlashdi
Yangiliklar lentasi
0