Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va YeOTB hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

© Press-slujba YeEK YeEK i YeABR podpisali memorandum o sotrudnichestve v Almati.
YeEK i YeABR podpisali memorandum o sotrudnichestve v Almati. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
Obuna bo‘lish
Hujjat mavjud hamkorlik mexanizmlarini yangilaydi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) bankning Olmaotadagi yillik yig‘ilishi va biznes forumi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Ta’kidlanishicha, memorandum Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va tomonlar hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini yangilash zarurligini aks ettiradi.
Hujjat mavjud hamkorlik mexanizmlarini yangilash va ularni iqtisodiy va texnologik voqelikka javob beradigan o‘zaro ta’sirning yangi yo‘nalishlari bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Xususan, sanoat va agrosanoat majmuida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash vositalarini ishlab chiqish, shuningdek, YeOII mamlakatlari tomonidanbirgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini eksport qilishga moliyaviy ko‘maklashish mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda.
Yangi memorandum axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirish sohasida tomonlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish uchun ham sharoit yaratmoqda.
“Ushbu memorandumni imzolash YeIK va YeOTB o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamdir. Hujjat iqtisodiy salohiyatga ega va tegishli investitsiya ta’minotini talab qiladigan integratsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha keyingi hamkorligimiz uchun mustahkam belgi bo‘ladi”, – deya xulosa qildi YeIK hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2020-yildan buyon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da kuzatuvchi hisoblanadi. Joriy yilning aprel oyida respublika barcha zarur tartib-taomillarni yakunlab, YeOTBni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.
YeOTB 2006-yilda tashkil etilgan xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi. Bank ishtirokchilari qatoriga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
Godovoe sobranie i biznes-forum Yevraziyskogo banka razvitiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va EOII davlatlari qo‘shma loyihalari portfeli 50 mlrd dollardan oshdi
Yangiliklar lentasi
0