https://oz.sputniknews.uz/20260629/uzbekistan-edb-yigilish-qatnashish-58671421.html
O‘zbekiston YeOTB yig‘ilishida ilk bor to‘laqonli aksiyador sifatida qatnashdi
O‘zbekiston YeOTB yig‘ilishida ilk bor to‘laqonli aksiyador sifatida qatnashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Yevroosiyo taraqqiyot banki qariyb 2,8 mlrd dollarlik 36 ta qo‘shma loyihani muhokama qildi. Investitsiyalar sanoat, raqamli infratuzilma, tibbiyot va turizmga yo‘naltiriladi.
2026-06-29T14:49+0500
2026-06-29T14:49+0500
2026-06-29T14:55+0500
iqtisod
hamkorlik
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
investitsiya
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58671006_0:477:720:882_1920x0_80_0_0_37fed598fb2d2b816f7a184aebc98570.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan umumiy qiymati qariyb 2,8 mlrd dollarlik 36 ta qo‘shma loyiha portfelini muhokama qildi.Ushbu investitsiyalar kimyo, to‘qimachilik, yengil va qayta ishlash sanoati, raqamli infratuzilma, tibbiyot hamda turizm sohalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.Muhokama 25–26 iyun kunlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo taraqqiyot bankining 20-yillik yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ushbu tadbirlarda ilk bor to‘laqonli aksiyador maqomida qatnashdi.Shuningdek, YeOTB Kengashi majlisida bankning hisoboti hamda 2027–2031 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.Uchrashuvda Toshkent va YeOTB bankning navbatdagi yillik yig‘ilishini 2027-yilda O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi. Shuningdek, O‘zbekiston vakilini YeOTB Kengashi raisligiga nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260520/edb-uzbekistan-loyihalar-57726167.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58671006_0:469:720:1009_1920x0_80_0_0_15b01bca872401ad16b823b5240f8d2b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, hamkorlik, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, investitsiya, forum
iqtisod, hamkorlik, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, investitsiya, forum
O‘zbekiston YeOTB yig‘ilishida ilk bor to‘laqonli aksiyador sifatida qatnashdi
14:49 29.06.2026 (yangilandi: 14:55 29.06.2026) Yig‘ilish doirasidagi uchrashuvda umumiy qiymati qariyb 2,8 milliard dollarlik 36 ta qo‘shma loyiha portfeli muhokama qilindi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan umumiy qiymati qariyb 2,8 mlrd dollarlik 36 ta qo‘shma loyiha portfelini
muhokama qildi.
Ushbu investitsiyalar kimyo, to‘qimachilik, yengil va qayta ishlash sanoati, raqamli infratuzilma, tibbiyot hamda turizm sohalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Muhokama 25–26 iyun kunlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo taraqqiyot bankining 20-yillik yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ushbu tadbirlarda ilk bor to‘laqonli aksiyador maqomida qatnashdi.
Shuningdek, YeOTB Kengashi majlisida bankning hisoboti hamda 2027–2031 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatda O‘zbekiston tashabbuslari, jumladan, suv va energetika xavfsizligi, transport koridorlarini kengaytirish hamda sanoat kooperatsiyasi kabi ustuvor yo‘nalishlar aks etgan.
Uchrashuvda Toshkent va YeOTB bankning navbatdagi yillik yig‘ilishini 2027-yilda O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi. Shuningdek, O‘zbekiston vakilini YeOTB Kengashi raisligiga nomzod sifatida ko‘rsatish masalasi muhokama qilindi.