Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Qayta ishlash va sug‘orish tizimlari: YeOTB O‘zbekistonda qaysi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
YeOTB O‘zbekistonda sanoat, logistika va suv-energetika sohalaridagi loyihalarga e’tibor qaratmoqda. Bank 2031-yilgacha mamlakat iqtisodiyotiga kamida 2 mlrd dollar yo‘naltirishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda YeOTB katta boshqaruvchi direktori Aleksey Skatin bankning O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi.
Skatinning so‘zlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy o‘sish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Mamlakat energetika, infratuzilma, transport, logistika va sanoat sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyatga ega.
“O‘zbekiston muhim transport yo‘laklari, jumladan, Shimol—Janub va Transafg‘on yo‘nalishlari kesishmasida joylashgan. Bu logistika va infratuzilmani rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi”, — dedi u.
YeOTB O‘zbekistonda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat loyihalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Gap faqat xomashyo qazib olish emas, balki qayta ishlash, zamonaviy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish haqida bormoqda.
Skatinning aytishicha, bank hozir O‘zbekistonda ko‘rib chiqayotgan loyihalarning 60 foizdan ortig‘i sanoat va qayta ishlash bilan bog‘liq.
“Bizning vazifamiz nafaqat xomashyo qazib olishni qo‘llab-quvvatlash, balki iqtisodiyot uchun multiplikativ samara beradigan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir”, — deya ta’kidladi YeOTB vakili.
Yana bir muhim yo‘nalish — suv-energetika majmui. Hozirda YeOTB ushbu sohada qariyb 500 million dollarlik loyihalarni ko‘rib chiqmoqda. Bank zamonaviy irrigatsiya va sug‘orish tizimlarini ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Skatinning ta’kidlashicha, bu kabi loyihalar suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni oshirish va mintaqadagi suv-energetika muvozanatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030–2031 yillarga borib YeOTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga kamida 2 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Asosiy e’tibor real sektordagi kompaniyalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
Transport, logistika va zamonaviy ombor majmualari ham bankning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiradi. YeOTB vakiliga ko‘ra, bitta yirik logistika markazi 500 dan 1000 tagacha ish o‘rni yaratishi mumkin. Bugun O‘zbekistonda bunday obyektlarga talab yuqori bo‘lib qolmoqda.
YeOTB avval ham O‘zbekistonda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga e’tibor qaratayotganini bildirgan. Bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,7 foizga o‘sgan, mamlakat esa mintaqaviy bog‘liqlikda muhim rol o‘ynamoqda.
Batafsil — videomizda. To‘liq yozuv havolada.
V Tashkente otkrilos predstavitelstvo Yevraziyskogo banka razvitiya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2026
O‘zbekiston va YeOII
Toshkentda YeOTB vakolatxonasi ochildi: hamkorlik faollashishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0