https://oz.sputniknews.uz/20260613/hech-kim-rossiyaga-strategik-maglubiyat-etkiza-olmagan--putin-58310793.html
Hech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmagan va olmaydi ham — Putin
Hech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmagan va olmaydi ham — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Bu Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi urushish uchun birinchi marta birlashishi emas. Napoleon ham Gitler ham xuddi shunday qilgan edi. 13.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-13T11:50+0500
2026-06-13T11:50+0500
2026-06-13T11:57+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir putin
kreml
rossiya
nato
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0d/58310624_0:188:3076:1918_1920x0_80_0_0_30431ccbcaab08db1f6871c1a5fcc5b8.jpg
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12-iyun - Rossiya kunida Kremlda maxsus operatsiya hududida xixzmat qilayotgan askarlar bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oddiy askarlardan tortib qo‘mondonlargacha bo‘lgan maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etayotgan qo‘shinlar bilan doimiy aloqada bo‘lishga harakat qilishini ta’kidladi. Harbiylar bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti so‘zlagan nutqidan asosiy bayonotlar quyida. Hujumchi kuchlar roliMaxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya Qurolli kuchlari guruhi 700 000 dan ortiq askardan iborat. Ular har kuni barqaror olg‘a siljimoqda. "Asta-sekin, lekin har kuni!"Hujumchi kuchlar har doim asosiy jangovar missiyani bajaradi va ular oyog‘i yetagan hudud Rossiya ixtiyoriga o‘tadi. Rossiya sakkiz yil davomida Ukrainadagi urushni to‘xtatishga va NATO bilan tinch yo‘l bilan muzokaralar olib borishga harakat qildi.Rossiya hukumati Maxsus operatsiya tugatgandan so‘ng urush faxriylarini qanday ishga joylashtirish, ularga ta’lim berish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqmoqda.Rossiya FPV dronlari va sun’iy intellektga ega dronlarni ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda.Rossiyaning past orbitali sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Starlikdan qolishmaydi, balki undan ham ustunroq. Tizim yaratildi va ayni damda sputniklar soni oshirilmoqda. "Dronlarga qarshi kurash eng muhim vazifalardan biridir va Mudofaa vazirligi, sanoat va boshqa idoralar buning ustida ishlamoqda.Rossiya o‘z qurol-aslaha sohasida bir qadam oldinda bo‘lish uchun turli xil havo mudofaasi tizimlarini kuchaytirmoqda.Rossiya allaqachon raqiblarinikidan ancha ustun qurollarni ishlab chiqqan.Milliy birlikHech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmaydi: "Chunki bizning ko‘p millatli, birlashgan xalqimiz kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini tushunadi."Rossiya hozirda NATO yuzida butun kollektiv G‘arbga qarshi deyarli yolg‘iz turibdi.Dushman uchuvchisiz apparatlari yordamida zarar yetkazishga va Rossiya jamiyatida nizo chiqarishga harakat qilmoqda, ammo ular "hech narsaga erisha olmaydi".Rossiya iqtisodiyoti havo hujumlaridan zarar ko‘rmoqda, ammo u tezda qayta tiklanmoqda, jamiyat yakdil kurashmoqda. Rossiya dushman infratuzilmasiga qarshi qasos zarbalari kuchini oshirib, ularni fuqarolik nishonlariga hujum qilishdan tiymoqda.NATO va RossiyaNATO mamlakatlari Rossiyaga qarshi boshlangan urushni g‘alaba bilan yakunlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.Bu Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi urushish uchun birinchi marta birlashishi emas. Napoleon ham Gitler ham xuddi shunday qilgan edi. Hozir ham shunday bo‘lmoqda. NATO mamlakatlari munosib raqib: ularning umumiy texnologik, ilmiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori.G‘arb allaqachon Rossiyaga strategik mag‘lubiyat keltirishning iloji yo‘qligini anglab yetgan. Boshida ular buni ochiqchasiga e’lon qilib, biroz shoshilgan edi. Biz dushmanlarga faqat bitta maslahat bera olamiz — Hech qachon Rossiya bilan jang qilishga urinmang!
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/0d/58310624_42:0:2773:2048_1920x0_80_0_0_142f2c324d266a9a17a5080c0d7bd98a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, kreml, rossiya, nato, g‘arb
vladimir putin, kreml, rossiya, nato, g‘arb
Hech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmagan va olmaydi ham — Putin
11:50 13.06.2026 (yangilandi: 11:57 13.06.2026) Bu Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi urushish uchun birinchi marta birlashishi emas. Napoleon ham Gitler ham xuddi shunday qilgan edi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12-iyun - Rossiya kunida Kremlda maxsus operatsiya hududida xixzmat qilayotgan askarlar bilan uchrashdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin oddiy askarlardan tortib qo‘mondonlargacha bo‘lgan maxsus harbiy operatsiyalarda ishtirok etayotgan qo‘shinlar bilan doimiy aloqada bo‘lishga harakat qilishini ta’kidladi.
Harbiylar bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti so‘zlagan nutqidan asosiy bayonotlar quyida.
Maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya Qurolli kuchlari guruhi 700 000 dan ortiq askardan iborat. Ular har kuni barqaror olg‘a siljimoqda. "Asta-sekin, lekin har kuni!"
Hujumchi kuchlar har doim asosiy jangovar missiyani bajaradi va ular oyog‘i yetagan hudud Rossiya ixtiyoriga o‘tadi.
Rossiya sakkiz yil davomida Ukrainadagi urushni to‘xtatishga va NATO bilan tinch yo‘l bilan muzokaralar olib borishga harakat qildi.
Rossiya hukumati Maxsus operatsiya tugatgandan so‘ng urush faxriylarini qanday ishga joylashtirish, ularga ta’lim berish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqmoqda.
Rossiya FPV dronlari va sun’iy intellektga ega dronlarni ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda.
Rossiyaning past orbitali sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Starlikdan qolishmaydi, balki undan ham ustunroq. Tizim yaratildi va ayni damda sputniklar soni oshirilmoqda. "
Dronlarga qarshi kurash eng muhim vazifalardan biridir va Mudofaa vazirligi, sanoat va boshqa idoralar buning ustida ishlamoqda.
Rossiya o‘z qurol-aslaha sohasida bir qadam oldinda bo‘lish uchun turli xil havo mudofaasi tizimlarini kuchaytirmoqda.
Rossiya allaqachon raqiblarinikidan ancha ustun qurollarni ishlab chiqqan.
Hech kim Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmaydi: "Chunki bizning ko‘p millatli, birlashgan xalqimiz kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatini tushunadi."
Rossiya hozirda NATO yuzida butun kollektiv G‘arbga qarshi deyarli yolg‘iz turibdi.
Dushman uchuvchisiz apparatlari yordamida zarar yetkazishga va Rossiya jamiyatida nizo chiqarishga harakat qilmoqda, ammo ular "hech narsaga erisha olmaydi".
Rossiya iqtisodiyoti havo hujumlaridan zarar ko‘rmoqda, ammo u tezda qayta tiklanmoqda, jamiyat yakdil kurashmoqda.
Rossiya dushman infratuzilmasiga qarshi qasos zarbalari kuchini oshirib, ularni fuqarolik nishonlariga hujum qilishdan tiymoqda.
NATO mamlakatlari Rossiyaga qarshi boshlangan urushni g‘alaba bilan yakunlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
Bu Yevropa davlatlarining Rossiyaga qarshi urushish uchun birinchi marta birlashishi emas. Napoleon ham Gitler ham xuddi shunday qilgan edi. Hozir ham shunday bo‘lmoqda.
NATO mamlakatlari munosib raqib: ularning umumiy texnologik, ilmiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori.
G‘arb allaqachon Rossiyaga strategik mag‘lubiyat keltirishning iloji yo‘qligini anglab yetgan. Boshida ular buni ochiqchasiga e’lon qilib, biroz shoshilgan edi.
Biz dushmanlarga faqat bitta maslahat bera olamiz — Hech qachon Rossiya bilan jang qilishga urinmang!