https://oz.sputniknews.uz/20260127/profilaktika-inspektor-tergov-choralar-55312481.html
Prezident profilaktika inspektorlari va tergov tizimi bo‘yicha choralarni ma’lum qildi
Prezident profilaktika inspektorlari va tergov tizimi bo‘yicha choralarni ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Profilaktika inspektorlari uchun ustamalar, uy-joy imtiyozlari va huquq-tartibot tizimini yangilash bo‘yicha choralar e’lon qilindi.
2026-01-27T18:10+0500
2026-01-27T18:10+0500
2026-01-27T18:13+0500
shavkat mirziyoyev
iiv
tergov
imtiyoz
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55311999_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_60c38c56f8ccf9497c39e5122c210b63.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va profilaktika inspektorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi.Shu bois 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi. 1-fevraldan yuridik oliygohda o‘qigan davr stajga qo‘shiladi. Viloyatdan kelgan xodimlar uchun uy ijarasi to‘lovi 3,1 million so‘mgacha oshiriladi va xodimlar uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi profilaktika inspektorlariga ajratiladi.Huquq-tartibot tizimida patrul, yo‘l-patrul, profilaktika va qo‘riqlash xizmatlarini yagona tizim sifatida ishlatish bo‘yicha farmon loyihasi kiritiladi. Bu bo‘linmalar uchun xizmat, muomala madaniyati va tezkorlik bo‘yicha yagona standartlar joriy etiladi.Mutasaddilarga tergov organlari shtatini qayta ko‘rib chiqish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.Shuningdek, huquq-tartibot idoralari faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining roli va vakolatlari aniq belgilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/prokuratura-tergov-raqamlashtirish-53245408.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55311999_79:0:1216:853_1920x0_80_0_0_521ec91d858360cc12019a95fb617895.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, profilaktika inspektori, ichki ishlar, patrul, tergov, imtiyoz, kadrlar, prezident yig‘ilishi
o‘zbekiston, profilaktika inspektori, ichki ishlar, patrul, tergov, imtiyoz, kadrlar, prezident yig‘ilishi
Prezident profilaktika inspektorlari va tergov tizimi bo‘yicha choralarni ma’lum qildi
18:10 27.01.2026 (yangilandi: 18:13 27.01.2026) Prezident yig‘ilishda profilaktika inspektorlarini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va huquq-tartibot tizimini yangi tartibga o‘tkazish bo‘yicha choralarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va profilaktika inspektorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga
to‘xtaldi.
Davlat rahbari suhbatlar davomida ularning moddiy va ijtimoiy muammolari to‘planib qolgani ma’lum bo‘lganligini aytib o‘tdi.
Shu bois 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi. 1-fevraldan yuridik oliygohda o‘qigan davr stajga qo‘shiladi. Viloyatdan kelgan xodimlar uchun uy ijarasi to‘lovi 3,1 million so‘mgacha oshiriladi va xodimlar uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi profilaktika inspektorlariga ajratiladi.
Huquq-tartibot tizimida patrul, yo‘l-patrul, profilaktika va qo‘riqlash xizmatlarini yagona tizim sifatida ishlatish bo‘yicha farmon loyihasi kiritiladi. Bu bo‘linmalar uchun xizmat, muomala madaniyati va tezkorlik bo‘yicha yagona standartlar joriy etiladi.
Tergov sifatini oshirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kadr tayyorlanmoqda. Biroq poytaxtda 100 ta tergovchi lavozimi vakant ekani tanqid qilindi. Tergovchilar hududiy rahbarlardan mustaqil ishlashi kerakligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tergov organlari shtatini qayta ko‘rib chiqish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi joriy etiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining roli va vakolatlari aniq belgilanadi.