Besh ming tonnadan ortiq paxta tolasini birjasiz sotgan klasterga chora ko‘rildi

© SputnikSklad xlopkovogo volokna
Sklad xlopkovogo volokna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Obuna bo‘lish
MChJ 104 mlrd so‘mlik paxta tolasini birja savdolarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgani aniqlandi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 104 mlrd so‘mlik paxta tolasini birja savdolarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan “WHITE GOLD KLASTER” MChJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rgangan.
O‘rganish davomida “WHITE GOLD KLASTER” MChJ tomonidan 104 mlrd so‘mlik 5 ming tonnadan ortiq paxta tolasi mahsuloti birja savdolarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgani aniqlangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mahsulot narxlari birja savdolarida shakllangan o‘rtacha kotirovka narxlari bilan taqqoslangan. Natijada jamiyat narxlarni yuqori qo‘llash orqali 700 million so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani ma’lum bo‘lgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi “WHITE GOLD KLASTER” MChJga nisbatan qonunchilik talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.
Ishni ko‘rib chiqish natijasida jamiyatga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Muka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2026
Davlat bug‘doyidan ishlangan unni birjaga chiqarmagan korxonalar savdodan chetlatildi
Yangiliklar lentasi
0