Davlat bug‘doyidan ishlangan unni birjaga chiqarmagan korxonalar savdodan chetlatildi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishMuka
Muka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2026
Obuna bo‘lish
Raqobat qo‘mitasi monitoringlari ortidan davlat resursi bug‘doyidan ishlangan unni birjaga chiqarish talabini bajarmagan 29 ta korxona birja savdolaridan chetlashtirildi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida davlat resursi bug‘doyi bilan bog‘liq talablar buzilgani aniqlandi.
Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, davlat resursidagi, budjet mablag‘lari hisobiga xarid qilingan bug‘doyni birjadan olgan korxonalar undan ishlab chiqarilgan unni ham belgilangan hajmda birja savdolariga chiqarishi shart.
Shu talabni bajarmagani uchun 2026-yil 3-apreldan davlat resursi bug‘doyidan ishlangan unni birja savdolariga qayta chiqarmagan yoki bu majburiyatni yetarli darajada bajarmagan 29 ta korxona birja savdolaridan chetlatildi.
Shuningdek, joriy yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha davlat resursidan xarid qilingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan unni birja orqali sotish tartibiga rioya etmagan 25 ta un ishlab chiqaruvchi korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ular bo‘yicha tegishli ta’sir choralarini qo‘llash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar qabul qilindi.
Qo‘mita ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar yuqori turuvchi instansiyalarga kiritilayotganini ham ma’lum qildi.
Sotrudnik call-sentra. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni qonunga rioya etishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0