Loy terapiyasi bolalar qobiliyatlarini ochishda qanday yordam beradi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rassom va pedagog Ashurmat Mamasoliyev 40-yildan ziyod vaqtdan buyon imkoniyati cheklangan, autizmli va rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolalarga ijod orqali yordam berib kelmoqda
Rassom va pedagog Ashurmat Mamasoliyev 40-yildan ziyod vaqt davomida imkoniyati cheklangan, autizmli va rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolalar bilan ishlab keladi. U bolalarga ijod, mehr va sabr orqali o‘z salohiyatini ochishga yordam berishni hayotining muhim qismi deb biladi.
Uning noyob loy terapiyasi metodikasi san’at, pedagogika va neyrofiziologiyaga oid yondashuvlarni birlashtiradi. Oddiy haykalcha yasash jarayoni bu metodikada bolaning mayda motorikasi, tasavvuri, diqqati, harakat muvofiqligi va emotsional holatini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotga aylanadi.
"Har bir bolaning qalbiga olib boradigan ko‘rinmas kaliti bor. Agar o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqot va ishonch bo‘lmasa, natija ham bo‘lmaydi", — deydi Ashurmat Mamasoliyev.
Rivojlantiruvchi san’at
Ashurmat Mamasoliyev — monumental-dekorativ san’at yo‘nalishida ijod qiluvchi rassom, pedagog va akademik. Uning asarlari turli mamlakatlarda namoyish etilgan, shogirdlari esa xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Mamasoliyev metodikasining asosida ijod nafaqat boladagi iste’dodni ochishi, balki uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi g‘oya yotadi. U 1986-yildan buyon nutqida nuqsoni bo‘lgan, harakat faoliyati sust rivojlangan, autizmli va turli nogironligi bor bolalar bilan ishlab kelmoqda.
Metodikaning asosiy vositasi — gil. Bu tabiiy material bilan ishlash bolaning qo‘l harakatlarini faollashtiradi, mayda motorikasini rivojlantiradi, tasavvur va ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, bola shakl, hajm, proporsiya va kompozitsiyani his qilishni o‘rganadi.
Teginish orqali rivojlanish
Mutaxassisning ta’kidlashicha, gil bilan ishlashda bolaning barmoqlari va kaftlari faol harakat qiladi. Bu jarayon mayda motorika, diqqat, hissiy qabul qilish va harakat muvofiqligini rivojlantirishga yordam beradi.
"Loy bilan ishlash jarayonida bolaning qo‘l barmoqlari faol harakat qiladi, bu esa mayda motorika, diqqat va hissiy qabul qilish qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi", — dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida Ashurmat Mamasoliyev.
Uning tushuntirishicha, kaft va barmoq uchlarida inson organizmining turli faoliyatlari bilan bog‘liq sezgi nuqtalari mavjud. Bolalar gilni ezish, aylantirish, bosish va shakl berish orqali qo‘l harakatlarini tabiiy tarzda mashq qiladi.
Mutaxassis bu jarayonni quyidagi a’zolar faoliyati bilan bog‘liq nerv tizimlarini rag‘batlantirishga yordam berishi mumkin deb izohlaydi:
• yurak;
• o‘pka;
• jigar;
• buyrak;
• bosh miya.
Shu bilan birga, loy terapiyasi tibbiy davolash o‘rnini bosmaydi. U bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi ijodiy-pedagogik mashg‘ulot sifatida qaraladi.
Ikki yarimsharning uyg‘un faoliyati
Metodikaning muhim jihatlaridan biri — ikki qo‘l bilan bir vaqtda ishlashdir. Ashurmat Mamasoliyevning aytishicha, bola gil bilan ishlaganda o‘ng va chap qo‘l harakatlari muvofiqlashadi, bu esa diqqat, harakat aniqligi va fikrlash jarayonlarini faollashtirishga yordam beradi.
O‘ng qo‘l harakatlari miyaning chap yarimshari, chap qo‘l harakatlari esa o‘ng yarimshari faoliyati bilan bog‘liq. Ikki qo‘l bilan bir vaqtda ishlash orqali bola nafaqat shakl yasaydi, balki o‘z harakatini rejalashtirish, nazorat qilish va yakuniy natijani tasavvur qilishni o‘rganadi.
Bu yondashuv autizmli bolalarda ko‘z bilan muloqot qilish, mimikani rivojlantirish, diqqatni jamlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham yordam berishi mumkin.
Oddiy shakldan murakkab obrazgacha
Ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Dastlab bola eng oddiy shakl — shar yasashni o‘rganadi. Ashurmat Mamasoliyevning aytishicha, shar barcha keyingi kompozitsiyalarning asosi hisoblanadi.
Keyinchalik bolalar shardan konussimon shakllar — sabzi, lavlagi yoki boshqa oddiy predmetlarga o‘xshash figuralar yasashga o‘tadi. Bu mashqlar barmoq kuchini, harakat aniqligini va qo‘l bilan ishlash madaniyatini rivojlantiradi.
Navbatdagi bosqichda bolalar romashka, toshbaqa, tulki kabi murakkabroq shakllarni yarata boshlaydi. Shu tariqa ular kompozitsiya, proporsiya, badiiy tafakkur va obrazli fikrlashni o‘zlashtiradi.
"Ilm va san’at birlashgan joyda haqiqiy natija tug‘iladi. Bolalar bilan ishlashda ham aynan shu yondashuv muhim ahamiyatga ega", — deydi Ashurmat aka Mamasoliyev.
“Qalb kaliti” falsafasi
Ashurmat Mamasoliyevning fikricha, har qanday ta’lim va reabilitatsiya jarayonining muvaffaqiyati, avvalo, ishonchli munosabatlarga bog‘liq. Uningcha, pedagog bolaga faqat topshiriq beruvchi emas, balki uni tushunadigan, eshitadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan inson bo‘lishi kerak.
U o‘qituvchi nafaqat o‘z sohasining mutaxassisi, balki psixologiya, san’at tarixi, pedagogika va bolalar rivojlanishi haqida ham yetarli bilimga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Bolaga aytilgan yaxshi so‘z, samimiy munosabat, ishonch va qo‘llab-quvvatlash reabilitatsiya jarayonining muhim qismi hisoblanadi. Mamasoliyevning ta’kidlashicha, ba’zan boladagi o‘zgarish aynan shu ishonch muhiti paydo bo‘lganidan keyin boshlanadi.
Muvaffaqiyat tarixi
Metodikaning samaradorligini ko‘rsatuvchi misollardan biri Yan ismli o‘quvchining tarixi hisoblanadi. Dastlab u oddiy doira chizishni ham bilmagan. Biroq muntazam mashg‘ulotlar va individual yondashuv orqali bor-yo‘g‘i sakkiz oy ichida sezilarli natijaga erishgan.
Keyinchalik Yan xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, Gran-pri sohibi bo‘lgan. Ashurmat Mamasoliyev buni bolaning ichki imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, mehr va sabr bilan ishlash natijasi deb baholaydi.
Bu voqea ilm-fan, san’at va insonga bo‘lgan ishonch uyg‘unlashganda bola o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olishini ko‘rsatadi.
40 yillik ezgu missiya
Ashurmat Mamasoliyev uchun bolalar bilan ishlash oddiy kasb emas, balki hayot mazmunidir. U qirq yildan ortiq vaqt davomida imkoniyati cheklangan va rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolalarga beg‘araz yordam berib keladi.
Uning fikricha, eng katta mukofot — bu bolalarning tabassumi, o‘z kuchiga ishonchi va ijoddan oladigan quvonchidir.
Gil terapiyasi metodikasi san’at bolaning rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va ichki xotirjamligini qo‘llab-quvvatlashda katta imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi. Ashurmat Mamasoliyevning tajribasi esa pedagog uchun eng muhim narsa bilim, sabr va bola qalbiga yo‘l topa olish ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Muhammadga 3,5 yosh, u turli shakllarni gilidan yasashni juda yaxshi ko‘radi

Muhammadga 3,5 yosh, u turli shakllarni gilidan yasashni juda yaxshi ko‘radi - Sputnik O‘zbekiston
1/14

Muhammadga 3,5 yosh, u turli shakllarni gilidan yasashni juda yaxshi ko‘radi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Shirinaning kichik loy shedevri

Shirinaning kichik loy shedevri - Sputnik O‘zbekiston
2/14

Shirinaning kichik loy shedevri

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ustaning kaftlarida hunar sirlari

Ustaning kaftlarida hunar sirlari - Sputnik O‘zbekiston
3/14

Ustaning kaftlarida hunar sirlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Imronga 5 yosh, u doirachalardan kapalak yasadi

Imronga 5 yosh, u doirachalardan kapalak yasadi - Sputnik O‘zbekiston
4/14

Imronga 5 yosh, u doirachalardan kapalak yasadi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Shakl yaratishni o‘rganamiz

Shakl yaratishni o‘rganamiz - Sputnik O‘zbekiston
5/14

Shakl yaratishni o‘rganamiz

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Adamga hozir 8 yosh, va u Godzilla haykalchasini yasashni juda yaxshi ko‘radi.

Adamga hozir 8 yosh, va u Godzilla haykalchasini yasashni juda yaxshi ko‘radi. - Sputnik O‘zbekiston
6/14

Adamga hozir 8 yosh, va u Godzilla haykalchasini yasashni juda yaxshi ko‘radi.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mansur Qozog‘istondan kelgan va u loydan ko‘za yasayapti.

Mansur Qozog‘istondan kelgan va u loydan ko‘za yasayapti. - Sputnik O‘zbekiston
7/14

Mansur Qozog‘istondan kelgan va u loydan ko‘za yasayapti.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Bolalar ijodiyotining loydagi olami

Bolalar ijodiyotining loydagi olami - Sputnik O‘zbekiston
8/14

Bolalar ijodiyotining loydagi olami

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Shirin tayyor loy ko‘zasi bilan

Shirin tayyor loy ko‘zasi bilan - Sputnik O‘zbekiston
9/14

Shirin tayyor loy ko‘zasi bilan

© Sputnik / Baxrom Xatamov

3 yarim yoshlik Shaxnoza va uning ijod olami

3 yarim yoshlik Shaxnoza va  uning ijod olami - Sputnik O‘zbekiston
10/14

3 yarim yoshlik Shaxnoza va uning ijod olami

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Loy orqali motorika va tasavvurni rivojlantiriladi

Loy orqali motorika va tasavvurni rivojlantiriladi - Sputnik O‘zbekiston
11/14

Loy orqali motorika va tasavvurni rivojlantiriladi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ashurmat Mamasaliyev loy bilan ishlash miya rivojiga qanday ta’sir qilishini tushuntirmoqda

Ashurmat Mamasaliyev loy bilan ishlash miya rivojiga qanday ta’sir qilishini tushuntirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
12/14

Ashurmat Mamasaliyev loy bilan ishlash miya rivojiga qanday ta’sir qilishini tushuntirmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Motorika rivojlanishi

Motorika rivojlanishi - Sputnik O‘zbekiston
13/14

Motorika rivojlanishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Korreksion markaz

Korreksion markaz - Sputnik O‘zbekiston
14/14

Korreksion markaz

Yangiliklar lentasi
0