MAGATE O‘zbekistondagi navbatdagi missiyasini yakunladi

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tashqarida kichik modulli reaktor qurish loyihasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekistonning tajribasi boshqa davlatlar uchun qimmatli bo‘ladi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) O‘zbekistondagi milliy yadro infratuzilmani kompleks baholash (INIR) ikkinchi bosqich kuzatuv missiyasini yakunladi.
“O‘zatom” agentligi direktori o‘rinbosari Shahzod Alirizayev yadro infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘llov uchun mutaxassislarga minnatdorchilik bildirdi.

Shaxzod Alirizayev
© Sputnik
“Vazirliklarimiz va idoralarimiz vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va ekspert sessiyalari milliy yadro infratuzilmasini yanada takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Biz MAGATE jamoasining qo‘llab-quvvatlashini hamda eng yaxshi xalqaro tajribaga asoslangan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan fikr almashishni juda qadrlaymiz”, - dedi u.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekovning qo‘shimcha qilishicha, tavsiyalar va takliflar keyingi ishlar uchun muhim yo‘nalish bo‘ladihamda institutsional salohiyatni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

Sardorbek Yakubekov
© Sputnik
“Tartibga soluvchi organ yadro va radiatsiya xavfsizligiga hissa qo‘shish, tartibga solishning mustaqilligi va samaradorligini oshirishga ustuvor ahamiyat beradi”, - dedi u.
Milliy yadro infratuzilmani kompleks baholash (INIR) bo‘yicha MAGATE missiyasi guruhi rahbari Jon Xaddad o‘z chiqishida O‘zbekistonning atom elektr stansiyalarini qurish borasidagi tajribasini dunyo kutayotganini ta’kidladi.

Djon Xaddad
© Sputnik
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tashqarida kichik modulli reaktorlar qurayotgan kam sonli davlatlardan biridir.
“Bu tajriba juda qimmatli bo‘ladi. Hamma sizga qaraydi. Buni qanday qildingiz? Siz nima qildingiz? Qanday saboqlarni oldingiz? Xullas, global yadro landshaftida rol o‘ynashga tayyorlaning”, - dedi u.
Tadbirdan so‘ng Jon Xaddad Shahzod Alirizayevga missiyaning xulosalari va sohadagi faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini taqdim etdi.

MAGATE zavershila missiyu po kompleksnoy otsenke natsionalnoy yadernoy infrastrukturi v Uzbekistane.
© Sputnik
Shundan so‘ng “O‘zatom” agentligida jon Xaddad ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Sputnik O‘zbekiston muxbirining savollariga javob berar ekan, u MAGATE O‘zbekistonga yadro infratuzilmasini takomillashtirishda yordam berishini aytdi.
Shuningdek, u MAGATE O‘zbekistonni kichik modulli reaktor qurilishi bo‘yicha tajribani tarqatish uchun tashkilot tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirayotganini ta’kidladi.

MAGATE zavershila missiyu po kompleksnoy otsenke natsionalnoy yadernoy infrastrukturi v Uzbekistane.
© Sputnik
“Ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tashqarida kichik modulli reaktor qurish bo‘yicha bunday loyihani amalga oshirish nuqtayi nazaridan, bu MAGATE uchun ham, bu tashkilotda ishtirok etuvchi boshqa a’zo davlatlar uchun ham juda qimmatli tajriba va xalqaro maydonga qo‘shilgan hissa bo‘ladi”, - dedi tashkilot vakili.
