O‘zbekistondagi AES qanday bo‘ladi?

Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida quriladigan O‘zbekiston AES to‘liq quvvatga chiqqach, mamlakat elektr energiyasi iste’molining taxminan 14 foizini ta’minlashi kutilmoqda.
Jizzax viloyatida qurilayotgan O‘zbekiston AESining birinchi energoblogi 2029-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Loyiha umumiy maydoni 525 gektarni tashkil etadigan hududda amalga oshiriladi.
Qurilish maydonida reaktor binosi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tayyorlov bosqichida qariyb 900 kub metr beton qorishmasi quyilishi rejalashtirilgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, AESning to‘liq ishga tushishi O‘zbekistonga yiliga 4–6 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkonini berishi mumkin.
Kichik quvvatli RITM-200N reaktorlari 60-yil xizmat qilishi mo‘ljallangan. Ushbu texnologiya yiliga 1,8 mln tonnagacha CO₂ chiqindisini kamaytirishga ham xizmat qilishi mumkin.
AES qurilishi Xalqaro atom energiyasi agentligi — MAGATE standartlari asosida doimiy nazorat qilib boriladi.
O‘zbekistondagi AES qanday bo‘ladi - batafsil infografikada.
Yangiliklar lentasi
0