https://oz.sputniknews.uz/20260625/venezuela-kuchli-zilzilalar-58576798.html
Venesuelada kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi: so‘nggi ma’lumotlar
Venesuelada kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi: so‘nggi ma’lumotlar
Sputnik O‘zbekiston
Venesuelada magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikki kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Karakas va bir qator shtatlarda binolar qulagan, aeroport yopilgan, darslar bekor qilingan.
2026-06-25T10:01+0500
2026-06-25T10:01+0500
2026-06-25T10:10+0500
tabiiy ofat
dunyo yangiliklari
dunyoda
venesuela
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/19/58576318_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_d62c6f824ba13978254dfd450a484489.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Venesuelada ketma-ket ikki kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab magnitudasi 7,2 bo‘lgan yer silkinishi qayd etilgan, oradan bir daqiqadan kam vaqt o‘tib 7,5 magnitudali yana bir kuchli zilzila yuz bergan.Eng kuchli zilzila 25-iyun Toshkent vaqti bilan 03:05 da qayd etildi. Uning episentri Moroni shahridan 16 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, o‘choq chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan.Zilzila poytaxt Karakas va mamlakatning bir qator shtatlarida sezildi. Venesuela ichki ishlar vaziri Diosdado Kabeloning ma’lum qilishicha, ayrim hududlarda binolar, uylar va turar-joylar qulab tushgan. Eng kuchli silkinishlar Karakas, Miranda, La-Gvayra, Aragua, Karabobo va Falkon shtatlarida kuzatilgan.Mamlakat rahbariyati favqulodda holat e’lon qildi. Metro va temir yo‘l harakati to‘xtatildi, maktablarda darslar hafta oxirigacha bekor qilindi.Biroq bu dastlabki prognoz bo‘lib, rasmiy tasdiqlangan ma’lumot emas.AQSh Sunami haqida ogohlantirish markazi dastlab Karib dengizining ayrim hududlari uchun xavf haqida xabar bergan, ammo keyinchalik bu ogohlantirish bekor qilingan.Bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar Venesuelaga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260427/tashkent-zilzila-haqiqat-57179999.html
venesuela
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/19/58576318_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_930b5c65f88afca847c291a328ad1b74.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tabiiy ofat, dunyo yangiliklari, dunyoda, venesuela , zilzila
tabiiy ofat, dunyo yangiliklari, dunyoda, venesuela , zilzila
Venesuelada kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi: so‘nggi ma’lumotlar
10:01 25.06.2026 (yangilandi: 10:10 25.06.2026) Venesuelada magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ketma-ket kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Poytaxt Karakas va bir qator shtatlarda binolar qulagan, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Venesuelada ketma-ket ikki kuchli zilzila
sodir bo‘ldi. AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab magnitudasi 7,2 bo‘lgan yer silkinishi qayd etilgan, oradan bir daqiqadan kam vaqt o‘tib 7,5 magnitudali yana bir kuchli zilzila yuz bergan.
Eng kuchli zilzila 25-iyun Toshkent vaqti bilan 03:05 da qayd etildi. Uning episentri Moroni shahridan 16 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan, o‘choq chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan.
Zilzila poytaxt Karakas va mamlakatning bir qator shtatlarida sezildi. Venesuela ichki ishlar vaziri Diosdado Kabeloning ma’lum qilishicha, ayrim hududlarda binolar, uylar va turar-joylar qulab tushgan. Eng kuchli silkinishlar Karakas, Miranda, La-Gvayra, Aragua, Karabobo va Falkon shtatlarida kuzatilgan.
Mamlakat rahbariyati favqulodda holat e’lon qildi. Metro va temir yo‘l harakati to‘xtatildi, maktablarda darslar hafta oxirigacha bekor qilindi.
AQSh Geologiya xizmati zilzila oqibatlari bo‘yicha “qizil” darajadagi ogohlantirish berdi. Xizmatning avtomatik modeliga ko‘ra, qurbonlar soni 100 ming nafargacha yetishi ehtimoli, iqtisodiy zarar esa Venesuela YaIMning 2 foizidan 20 foizigacha bo‘lishi mumkin.
Biroq bu dastlabki prognoz bo‘lib, rasmiy tasdiqlangan ma’lumot emas.
AQSh Sunami haqida ogohlantirish markazi dastlab Karib dengizining ayrim hududlari uchun xavf haqida xabar bergan, ammo keyinchalik bu ogohlantirish bekor qilingan.
Bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar Venesuelaga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.