1966 yilgi Toshkent zilzilasi haqidagi mish-mishlar va haqiqat: olimlar nima deydi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMonument "Mujestvo" v pamat o Tashkentskom zemletrasenii
Monument Mujestvo v pamat o Tashkentskom zemletrasenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
1966 yilgi Toshkent zilzilasi haqida hukumat uni ataylab uyushtirgani yoki yer ostida yadroviy portlash bo‘lgani haqida mish-mishlar ham tarqalgan. Mutaxassislar esa bu taxminlarni rad etmoqda.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. 1966 yil 26-aprel kuni soat 5:23 da sodir bo‘lgan Toshkent zilzilasi 10–12 soniya davom etgan, ammo poytaxt qiyofasini keskin o‘zgartirgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashrida O‘zbekiston FA Seysmologiya instituti professori Sobitjon Maqsudov izohlari keltirilgan maqola e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida 236 ta ma’muriy bino, 700 taga yaqin savdo obyekti, 181 ta ta’lim muassasasi va 245 ta sanoat binosi ishdan chiqqan. 300 ming kishi boshpanasiz qolgan.
Professor Sobitjon Maqsudovga ko‘ra, 1966-yilgi zilzilaning tabiiyligi shubha tug‘dirmaydi. Uning aytishicha, silkinish SMR-II seysmografi va SBM seysmometri tomonidan qayd etilgan.

“1966-yilgi zilzilaning tabiiyligi hech qanday shubha tug‘dirmaydi”, — deydi professor.

Mutaxassis zilzilaning Rixter shkalasi bo‘yicha magnitudasi 5,3 bo‘lganini, ammo yer yuzasidagi silkinish 8–8,5 ballga yetganini tushuntirgan. Bunga o‘choqning yer yuzasiga yaqin — taxminan 8 km chuqurlikda joylashgani sabab bo‘lgan.
Qurbonlar soni kam bo‘lgani esa silkinishning asosan tik yo‘nalishda bo‘lgani bilan izohlanadi. Agar gorizontal tebranishlar kuchliroq bo‘lganida, oqibatlar ancha og‘ir bo‘lishi mumkin edi.
Maqolada zilzilaga go‘yoki yer ostidagi yadroviy portlash sabab bo‘lgani haqidagi taxminlar ham rad etilgan. Professor Maqsudovga ko‘ra, 1966-yil 26-apreldan 1969-yil 31-dekabrgacha asboblar 1 102 ta silkinishni qayd etgan. Ular orasida 10 va 24-may hamda 5-iyundagi kuchli 7 balli aftershoklar ham bo‘lgan.

“Ularni ham yadro portlashlari keltirib chiqarganmi?” — deya olim bu nazariyaning asossizligini ta’kidlagan.

Zilziladan keyin Toshkentda ommaviy qayta qurish ishlari boshlangan. Chilonzor va Sergelida yangi turar joy massivlari shakllangan, eski avariya holatidagi uylar buzilib, shaharning yangi seysmik talablar asosidagi qiyofasi yuzaga kelgan.
Jiteli goroda Tashkenta razbirayut razrushennie posle zemletraseniya doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
1966 yilgi Toshkent zilzilasi: fojia qanday qilib ilm-fan uchun saboq bo‘lgan?
Yangiliklar lentasi
0