Onishenko: Ebola virusi JCh-2026 da O‘zbekiston terma jamoasiga xavf tug‘dirmaydi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoalar AQShga oldindan yetib borgan, bunday yirik musobaqalarda esa sanitariya xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Kongo DR terma jamoasi ishtiroki va uning muxlislari kelishi tufayli o‘zbekistonliklar orasida Ebola virusi tarqalishi xavfi juda past.
Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya ta’lim akademiyasi vitse-prezidenti Gennadiy Onishenko YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi mavzusidagi Moskva — Minsk — Ostona — Yerevan videoko‘prigi davomida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yirik turnirlarga tayyorgarlik jarayonida sportchilar odatda musobaqa o‘tkaziladigan mamlakatga oldinroq yetib borib, moslashuv davridan o‘tadi. Bu safar ham har ikki jamoa — Kongo DR va O‘zbekiston futbolchilari AQShdagi iqlim va sharoitga oldindan moslashgan. Bundan tashqari, bunday musobaqalar tashkilotchilari sanitariya-epidemiologik xavfsizlikka alohida e’tibor qaratadi.
“Kongo Demokratik Respublikasi o‘z jamoasini kamida bir oy oldin Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib ketgan. O‘zbekiston futbolchilari bilan ham xuddi shunday bo‘lgan, chunki ular o‘zlari joylashgan iqlim zonasiga moslashishi kerak”, — dedi Onishenko.
Uning ta’kidlashicha, yirik xalqaro sport musobaqalarida infeksiyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus choralar doim qo‘llaniladi. Onishenko misol sifatida Sochi Olimpiadasi va Moskva Olimpiadasini keltirib, hozirgi jahon chempionati ham bundan mustasno emasligini qayd etdi.
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
Xantavirus yangi pandemiyaga sabab bo‘ladimi? Olimlar izohi
Yangiliklar lentasi
0