Bog‘chalardagi o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar dual ta’lim asosida bakalavriatda o‘qitiladi

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
2026/2027 o‘quv yilidan bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar bakalavriat bosqichida dual ta’lim shaklida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. 2026/2027 o‘quv yilidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar bakalavriat bosqichida dual ta’lim shaklida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajriba asosida bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar to‘lov-shartnoma asosida o‘qitiladi. Dual ta’lim shaklida ular haftada 1 kun pedagogika oliy ta’lim tashkilotida tahsil oladi, 5 kun esa o‘z maktabgacha ta’lim tashkilotida ish faoliyatini davom ettiradi.
O‘qishga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kamida 3-yil ishlagan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar test sinovlari asosida qabul qilinadi.
Bunda pedagogika oliy ta’lim tashkilotlariga dual ta’lim shaklida faqat tegishli hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan pedagoglar qabul qilinadi.
2028/2029 o‘quv yilidan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, 2029/2030 o‘quv yilidan esa vazirlik tizimidagi pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi bilan birga kasbiy sertifikatlash sinovlarida bepul ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Totalniy diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2026
Mehnat bozoriga mos: oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0