https://oz.sputniknews.uz/20260406/oliy-talim-yangi-nizom-56733081.html
Mehnat bozoriga mos: oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi
Mehnat bozoriga mos: oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’limga oid yangi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat oliy ta’limni tashkil etish, ta’lim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar, talabalar va pedagoglar huquq hamda majburiyatlarini bir hujjatda belgiladi.
2026-04-06T11:46+0500
2026-04-06T11:46+0500
2026-04-06T12:11+0500
o‘zbekiston
talabalar
otm
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1e/33364134_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d92ef621d830dc2b4fbba9f9f7b9cbd4.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi. Hujjat OTMlar faoliyati, talabalar huquqlari va ta’lim jarayonini yagona tartibda belgilaydi.Hujjat oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. U xorijiy OTM filiallariga qo‘llanadi, nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi. Bakalavriatda o‘qish kamida 3-yil, magistraturada esa kamida 1-yil davom etadi.Sirtqi ta’lim shaklida o‘qish muddati kunduzgi ta’limga nisbatan kamida bir o‘quv yiliga, kechki ta’limda esa kamida yarim o‘quv yiliga uzoq bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim kunduzgi, masofaviy, dual, inklyuziv va boshqa shakllarda tashkil etiladi.Talabalarga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif kiritish, ta’lim jarayoniga oid muhokamalarda ishtirok etish, xalqaro almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarida qatnashish, rahbariyat qarorlari ustidan shikoyat qilish hamda mehnat shartnomasi asosida ishlash huquqi beriladi.Kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga stipendiya to‘lanishi ham nazarda tutilgan.Shu bilan birga, talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Ular ichki tartib-qoidalar va odob-axloq meyorlariga rioya qilishi shart.Nizomda oliy ta’lim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berish ham nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260403/onta-otmga-milliy-tadqiqot-universiteti-maqomi-beriladi-56696832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1e/33364134_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_79491b8763dbabdbb08bea7624a051c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, oliy ta’lim, bakalavriat, magistratura, yangi nizom, kredit-modul tizimi, ects, talabalar huquqlari, pedagog xodimlar, oliy ta’lim tashkilotlari mustaqilligi, adliya vazirligi
o‘zbekiston, oliy ta’lim, bakalavriat, magistratura, yangi nizom, kredit-modul tizimi, ects, talabalar huquqlari, pedagog xodimlar, oliy ta’lim tashkilotlari mustaqilligi, adliya vazirligi
Mehnat bozoriga mos: oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi
11:46 06.04.2026 (yangilandi: 12:11 06.04.2026) Hujjat oliy ta’limni tashkil etish, boshqaruv, moliya, talabalar huquqlari va OTM mustaqilligiga doir qoidalarni bir joyga jamladi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi. Hujjat OTMlar faoliyati, talabalar huquqlari va ta’lim jarayonini yagona tartibda belgilaydi.
Hujjat oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. U xorijiy OTM filiallariga qo‘llanadi, nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.
Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi. Bakalavriatda o‘qish kamida 3-yil, magistraturada esa kamida 1-yil davom etadi.
Sirtqi ta’lim shaklida o‘qish muddati kunduzgi ta’limga nisbatan kamida bir o‘quv yiliga, kechki ta’limda esa kamida yarim o‘quv yiliga uzoq bo‘lishi kerak. Oliy ta’lim kunduzgi, masofaviy, dual, inklyuziv va boshqa shakllarda tashkil etiladi.
Hujjatda bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun o‘quv dasturlari va malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi belgilangan. Ta’lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, Yevropa kredit transfer tizimiga moslashtiriladi.
Talabalarga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif kiritish, ta’lim jarayoniga oid muhokamalarda ishtirok etish, xalqaro almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarida qatnashish, rahbariyat qarorlari ustidan shikoyat qilish hamda mehnat shartnomasi asosida ishlash huquqi beriladi.
Kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga stipendiya to‘lanishi ham nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Ular ichki tartib-qoidalar va odob-axloq meyorlariga rioya qilishi shart.
Nizomda oliy ta’lim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berish ham nazarda tutilgan.