https://oz.sputniknews.uz/20260625/apple-vk-ilovalar-ochirish-raqamli-terrorizm-58599446.html
Apple kompaniyasining VK ilovalarini o‘chirib tashlashi “raqamli terrorizm” deb baholandi
Apple kompaniyasining VK ilovalarini o‘chirib tashlashi “raqamli terrorizm” deb baholandi
Sputnik O‘zbekiston
Apple bir qator VK ilovalarini App Store’dan olib tashladi. Rossiyada bu qaror foydalanuvchilarning aloqa, messenjer, video va ta’lim servislariga kirishini cheklash sifatida baholanmoqda.
2026-06-25T19:22+0500
2026-06-25T19:22+0500
2026-06-25T19:22+0500
raqamli texnologiyalar
dunyo yangiliklari
rossiya
ijtimoiy tarmoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24500387_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_34826e661201a6fbefe9ddaf83d82764.jpg
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Ekspertlar "Apple" kompaniyasi tomonidan Rossiya ilovalarini "App Store"dan o‘chirish va allaqachon o‘rnatilgan ayrim ilovalar uchun push-bildirishnomalar ishida cheklovlar yuzaga kelishini “raqamli terrorizm” deb baholamoqda.Gap, xususan, VK ekotizimiga kiruvchi servislar haqida bormoqda. "Apple" bir qator VK ilovalarini "App Store"dan olib tashlagan. Kompaniya esa bu qaror oldindan ogohlantirishsiz va izohsiz qabul qilinganini bildirgan.Rossiya Raqamli texnologiyalar vazirligi ham bunday qarorlar odamlarni yaqinlari bilan aloqada bo‘lish va tezkor ma’lumot, jumladan xavf haqidagi ogohlantirishlarni olish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidlagan.VK matbuot xizmatiga ko‘ra, "App Store"dan o‘chirilgan ilovalar avval o‘rnatilgan qurilmalarda ishlashda davom etadi. "Android" qurilmalarida esa VK servislari to‘liq hajmda, jumladan, bildirishnomalar va yangilanishlar bilan ishlashda davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260603/google-aktivlar-belgium-russia-58056217.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24500387_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_887634451790a1b294f4d8995f68d775.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli texnologiyalar, dunyo yangiliklari, rossiya, ijtimoiy tarmoq
raqamli texnologiyalar, dunyo yangiliklari, rossiya, ijtimoiy tarmoq
Apple kompaniyasining VK ilovalarini o‘chirib tashlashi “raqamli terrorizm” deb baholandi
Ekspertlar va rasmiylar buni foydalanuvchilarning imkoniyatlarini cheklash deb baholamoqda
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Ekspertlar "Apple" kompaniyasi tomonidan Rossiya ilovalarini "App Store"dan o‘chirish va allaqachon o‘rnatilgan ayrim ilovalar uchun push-bildirishnomalar ishida cheklovlar yuzaga kelishini “raqamli terrorizm” deb
baholamoqda.
Gap, xususan, VK ekotizimiga kiruvchi servislar haqida bormoqda. "Apple" bir qator VK ilovalarini "App Store"dan olib tashlagan. Kompaniya esa bu qaror oldindan ogohlantirishsiz va izohsiz qabul qilinganini bildirgan.
VKga ko‘ra, "Apple" kompaniyasining harakatlari Rossiya foydalanuvchilarining har kuni o‘n millionlab odamlar ishlatadigan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, video platformalar, pochta va ta’lim servislariga kirishini cheklaydi.
Rossiya Raqamli texnologiyalar vazirligi ham bunday qarorlar odamlarni yaqinlari bilan aloqada bo‘lish va tezkor ma’lumot, jumladan xavf haqidagi ogohlantirishlarni olish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidlagan.
VK matbuot xizmatiga ko‘ra, "App Store"dan o‘chirilgan ilovalar avval o‘rnatilgan qurilmalarda ishlashda davom etadi. "Android" qurilmalarida esa VK servislari to‘liq hajmda, jumladan, bildirishnomalar va yangilanishlar bilan ishlashda davom etmoqda.