https://oz.sputniknews.uz/20260603/google-aktivlar-belgium-russia-58056217.html
"Google" aktivlari Belgiyada Rossiya sudi qarori bo‘yicha xatlandi
"Google" aktivlari Belgiyada Rossiya sudi qarori bo‘yicha xatlandi
Sputnik O‘zbekiston
Belgiya sudi Rossiyaning bankrot bo‘lgan Google MChJsi arizasi asosida Google Belgiumning 115 mln yevrolik mulkiga xatlov qo‘ydi. Kompaniya dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatida Rossiya sud qarorlarini ijro ettirishga urinmoqda.
2026-06-03T14:58+0500
2026-06-03T14:58+0500
2026-06-03T14:58+0500
dunyo yangiliklari
raqamli texnologiyalar
sud
fransiya
janubiy afrika respublikasi (jar)
ispaniya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995937_0:225:2400:1575_1920x0_80_0_0_b694dddf99c36f5e5a31ac81f4861a8b.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Belgiya sudi "Google Belgium" kompaniyasining 115 million yevro, ya’ni taxminan 10 mlrd rubllik mol-mulkini xatlovga oldi. Bu Rossiyaning bankrotlik jarayonidagi "Gugl" MChJsi arizasi asosida amalga oshirildi, deb yozmoqda “Vedomosti”.Gap Moskva arbitraj sudining "Google" korporatsiyasi tuzilmalaridan mablag‘larni undirish haqidagi qarorini ijro etish haqida ketmoqda. Rossiya sudi versiyasiga ko‘ra, "Gugl" MChJdan dividendlar kompaniya bankrotlik jarayoni boshlanishidan oldin chiqarilgan."Google Belgium" mulkiga xatlov ehtiyot chorasi sifatida qo‘yildi. Rossiya tomoni vakillariga ko‘ra, bu sud jarayoni yakunlangunga qadar Belgiyadagi bo‘linmani qayta tashkil etish yoki bankrotlikka olib borishga urinishlarning oldini olishi kerak.“Vedomosti”ga ko‘ra, Rossiyaning "Gugl" MChJsi dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatida Rossiya sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartib-taomillarini boshlagan. 1-iyun kuni Madrid birinchi instansiya sudi ham Rossiya kompaniyasi tanlov boshqaruvchisining arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasini tasdiqlagan.Ish bo‘yicha keyingi bosqichda Belgiya sudi "Gugl" MChJ talablarini mazmunan ko‘rib chiqadi. "Google Belgium" va "Google International LLC" xatlov ustidan shikoyat qilishi mumkin.Avvalroq, 2025-yil dekabrida Parij sudi "Google France" aksiyalariga xatlov qo‘yish haqida qaror chiqargan. O‘sha yil oktabrida Janubiy Afrika Respublikasi Oliy sudi ham shunga o‘xshash qaror qabul qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251213/evropa-ittifoqi-rossiya-aktivlarini-cheksiz-muzlatdi--bu-qanday-oqibatlarga-olib-keladi-54154473.html
janubiy afrika respublikasi (jar)
ispaniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0e/15995937_0:0:2400:1800_1920x0_80_0_0_b0975fa59f436c101d301fbfb25dc1e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, raqamli texnologiyalar, sud, fransiya, janubiy afrika respublikasi (jar), ispaniya, dunyoda
dunyo yangiliklari, raqamli texnologiyalar, sud, fransiya, janubiy afrika respublikasi (jar), ispaniya, dunyoda
"Google" aktivlari Belgiyada Rossiya sudi qarori bo‘yicha xatlandi
Belgiya sudi Rossiyaning "Gugl" MChJsi arizasi asosida "Google" aktivlarini xatlovga oldi. Avval Fransiya va JARda ham shunday qarorlar qabul qilingan.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Belgiya sudi "Google Belgium" kompaniyasining 115 million yevro, ya’ni taxminan 10 mlrd rubllik mol-mulkini xatlovga oldi. Bu Rossiyaning bankrotlik jarayonidagi "Gugl" MChJsi arizasi asosida amalga oshirildi, deb
yozmoqda “Vedomosti”.
Gap Moskva arbitraj sudining "Google" korporatsiyasi tuzilmalaridan mablag‘larni undirish haqidagi qarorini ijro etish haqida ketmoqda. Rossiya sudi versiyasiga ko‘ra, "Gugl" MChJdan dividendlar kompaniya bankrotlik jarayoni boshlanishidan oldin chiqarilgan.
Moskva sudi bu to‘lovlar kreditorlar bilan hisob-kitob qilishdan bo‘yin tovlash maqsadida amalga oshirilgan, degan xulosaga kelgan.
"Google Belgium" mulkiga xatlov ehtiyot chorasi sifatida qo‘yildi. Rossiya tomoni vakillariga ko‘ra, bu sud jarayoni yakunlangunga qadar Belgiyadagi bo‘linmani qayta tashkil etish yoki bankrotlikka olib borishga urinishlarning oldini olishi kerak.
“Vedomosti”ga ko‘ra, Rossiyaning "Gugl" MChJsi dunyoning o‘ndan ortiq mamlakatida Rossiya sud qarorlarini tan olish va ijro etish tartib-taomillarini boshlagan. 1-iyun kuni Madrid birinchi instansiya sudi ham Rossiya kompaniyasi tanlov boshqaruvchisining arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasini tasdiqlagan.
Ish bo‘yicha keyingi bosqichda Belgiya sudi "Gugl" MChJ talablarini mazmunan ko‘rib chiqadi. "Google Belgium" va "Google International LLC" xatlov ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Agar Belgiya sudi Rossiya sudi qarorini tan olsa, undiruv xatlangan aktivlarga qaratilishi va olingan mablag‘lar Rossiyadagi "Gugl" MChJ kreditorlari bilan hisob-kitoblarga yo‘naltirilishi mumkin.
Avvalroq, 2025-yil dekabrida Parij sudi "Google France" aksiyalariga xatlov qo‘yish haqida qaror chiqargan. O‘sha yil oktabrida Janubiy Afrika Respublikasi Oliy sudi ham shunga o‘xshash qaror qabul qilgan.