https://oz.sputniknews.uz/20260624/uzbekistan-ethiopia-elchi-58562008.html
O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Marosim doirasida tomonlar O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Efiopiya rahbari ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdi.
2026-06-24T11:54+0500
2026-06-24T11:54+0500
2026-06-24T11:59+0500
diplomatik munosabatlar
elchi
siyosat
efiopiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/18/58561839_0:0:950:534_1920x0_80_0_0_568c8b7796963fa61d4d99e847f86bec.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi Ashraf Xodjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi prezidenti Taye Aske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Ashraf Xodjayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, Toshkent o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.O‘z navbatida, Taye Aske-Selassie ham Shavkat Mirziyoyevga samimiy tilaklarini yo‘llab, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996-yil 15-iyulda o‘rnatilgan.Ashraf Xodjayev 2024-yildan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U Efiopiyada o‘rindoshlik asosida akkreditatsiya qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20251215/vatican-elchi-rim-papa-ishonch-yorliq-54186843.html
efiopiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/18/58561839_92:0:804:534_1920x0_80_0_0_2516fedcac65498229d1608f15cc7659.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
diplomatik munosabatlar, elchi, siyosat, efiopiya, o‘zbekiston
diplomatik munosabatlar, elchi, siyosat, efiopiya, o‘zbekiston
O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
11:54 24.06.2026 (yangilandi: 11:59 24.06.2026) O‘zbekistonning Afrikadagi eng yirik davlatlardan biri — Efiopiyadagi birinchi elchisi Ashraf Xodjayev Efiopiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi Ashraf Xodjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi prezidenti Taye Aske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Efiopiya prezidenti O‘zbekistonning o‘z mamlakatidagi birinchi elchisi tayinlanganini olqishlab, ikki tomonlama munosabatlar va amaliy hamkorlik izchil kengayishiga ishonch bildirdi.
Ashraf Xodjayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, Toshkent o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Taye Aske-Selassie ham Shavkat Mirziyoyevga samimiy tilaklarini yo‘llab, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996-yil 15-iyulda o‘rnatilgan.
Ashraf Xodjayev 2024-yildan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U Efiopiyada o‘rindoshlik asosida akkreditatsiya qilingan.